Jahon | 21:58 / 05.04.2017
4873
1 daqiqa o‘qiladi

AQShga Meksikadan kirib kelayotgan noqonuniy muhojirlar soni keskin kamaydi

AQSh ichki xavfsizlik vazirligi rahbari Jon Kellining bayonot berishicha, mart oyida AQSh-Meksika chegarasida 17 mingdan kam noqonuniy muhojir ushlangan, deb xabar qilmoqda Reuters agentligi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, bu kamida 2000 yildan beri qayd etilgan eng past ko‘rsatkichdir. Fevral oyida ikki mamlakat chegarasida 23 589 nafar noqonuniy muhojir qo‘lga olingan. 

Kellining ta'kidlashicha, AQSh prezidenti Donald Trampning noqonuniy muhojirlarga nisbatan qat'iy siyosati shunday natijalarga erishishga asos bo‘lgan. 

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid