O‘zbekiston | 19:34 / 06.04.2017
28411
3 daqiqa o‘qiladi

Buxorolik tadbirkor bir necha yo‘nalishda muvaffaqiyatli biznes yuritmoqda

Bugun Buxoro viloyatida havas qilsa arzigulik tadbirkorlar ko‘plab topiladi. Tahririyatning Buxoroga safari davomida el xizmatida bo‘lgan mehnatkash tadbirkorlar faoliyatiga ham nazar solindi. 

“Paxtasanoat Tabiat Ne`mati” mas'uliyati cheklangan jamiyati 2012 yilda viloyat aholisini arzon va sifatli qishloq xo‘jalik mahsulotlariga bo‘lgan talabini qondirish hamda eksportbop mahsulotlar yetishtirish maqsadida tashkil qilingan. Jamiyatga Buxoro viloyat hokimligi tomonidan 3 gektar yer maydoni issiqxonalar qurish uchun yer maydoni ajratildi. Ajratilgan yer maydoniga “O‘zsanoatqurilishbank” ishtirokidagi Xalqaro Taraqqiyot Uyushmasi kredit liniyasi loyihasi asosida Qishloq xo‘jalik korxonalarini qo‘llab-quvvatlash “Faza-2”ga yo‘naltirilgan mablag‘i hisobidan 440 000 AQSh Dollari miqdorida kredit rasmiylashtirib, Koreya davlatidan keltirilgan energiya manbalarini tejaydigan zamonaviy issiqxonalar o‘rnatildi 

-  Bu yer tashlandiq joy, qamishzor bo‘lgan. Hokimiyatga borib maslahat oldik, keyin esa kredit olindi. So‘ng zamonaviy issiqxonalar o‘rnatildi. Shu tariqa ish boshladik, - deydi tadbirkor Marat Sultonov.

Uning so‘zlariga ko‘ra, 2016 yilda taxminan 60 ming dollar atrofida eksport qilingan bo‘lib, uning 50 foizi davlatga sotildi, 50 foizi esa korxonaga qolgan. Mahsulot asosan Rossiya davlatiga eksport qilindi.

Tadbirkorning aytishicha, 2017 yilda ham mahsulotni asosan Rossiyaga eksport qilish mo‘ljallangan. Korxonada olti kishi doimiy ish bilan ta'minlangan.

Yigit kishiga qirq hunar oz, deydi xalqimiz. Bugun tadbirkorlarimiz bir vaqtning o‘zida turli yo‘nalishlarda faoliyat ko‘rsatishi ularning mehnatkashligidan dalolat. 

“Paxtasanoat Tabiat Ne`mati” MChJ rahbari Marat Sultonov viloyat aholisini ekologik toza ichimlik suvi bilan ta'minlash maqsadida “Toza Suv Salomatlik Kaliti” mas'uliyati cheklangan jamiyati faoliyatini ham yo‘lga qo‘ygan. 

Buxoro viloyati, Vobkent tumani, Ehson qishloq fuqarolar yig‘ini, Ko‘lxatib aholi punktidan ichimlik suvi ishlab chiqarish sexi qurilib, ayni kunda aholiga ekologik toza ichimlik suvi yetkazib berilmoqda. Bunda savdo qilish uchun mo‘ljallangan ko‘chma shoxobchalar Buxoro shahrining turli nuqtalariga o‘rnatilgan. Jamiyatda 50 nafar yoshlar ish bilan ta'minlangan. 

Hozirda jamiyatning Buxoro shahri hududida 50 nuqtasi bo‘lib, kelajakda viloyatning barcha tumanlarida hamda qo‘shni viloyatlarda aholini ekologik toza ichimlik suvi bilan ta'minlash uchun mo‘ljallangan ko‘chma shoxobchalarni o‘rnatish rejalashtirilgan. 

Tas-Ix (Mover) da ko‘rish

Youtube`da ko‘rish

 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid