Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yevropa ittifoqi Shimoliy Koreyaga nisbatan sanksiyalarni kuchaytirdi
Yevropa ittifoqi payshanba kuni KXDRga nisbatan sanksiyalarni kuchaytirdi hamda Shimoliy Koreyaga sarmoyalar va uning fuqarolari hamda yuridik shaxslariga xizmat ko‘rsatishga qarshi kiritilgan taqiqlarni kengaytirdi. Bu haqda YeI Kengashi xabarida aytiladi.
"Yangi taqiqlar KXDR qurol-yarog‘larning oddiy turlarini ishlab chiqarish bo‘yicha sanoati, metallurgiya va metallni qayta ishlash hamda aerofazoviy sohalariga tegishli", - deya xabar berdi YeI Kengashi.
Hujjatda aytilishicha, “Kengash shuningdek KXDR fuqarolari va yuridik shaxslariga tog‘-kon sanoati va kimyo, metallni qayta ishlash sohalarida kompyuter xizmatlari va boshqa xizmatlarni taqdim etishni taqiqlash haqida qaror qabul qildi”.
Bundan tashqari, YeI shaxsiy sanksiyalar ro‘yxatini ham kengaytirdi hamda unga to‘rt nafar inson kiritildi. Ular “”KXDR yadro va ballistik hamda ommaviy qurol ishlab chiqarish bilan bog‘liq boshqa dasturlarni qo‘llab-quvvatlash va ilgari surishga mas'ul bo‘lgan shaxslardir".
Shu tariqa, xabarda ta'kidlanishicha, Yevropa ittifoqi sanksiya ro‘yxatida 41 inson va yettita yuridik shaxs bor.
Mavzuga oid
09:29 / 23.03.2026
Pistorius: Rossiyaga nisbatan sanksiyalarni yumshatish mumkin emas
17:06 / 21.03.2026
AQSh Eron neftiga qo‘llanilayotgan sanksiyalarni yumshatdi. Nega?
13:21 / 17.03.2026
YeI Buchadagi qotilliklar uchun mas’ul shaxslarga qarshi sanksiyalar joriy qildi
12:14 / 16.03.2026