Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shimoliy Koreyadagi oddiy xalqning kundalik hayoti
Shimoliy Koreya hukumatida ortiqcha gap-so‘zga o‘rin yo‘qligi barchaga ayon. Mamlakatga kirishda mehmonlarga nimani suratga olish mumkinu nimani mumkin emasligi haqida aniq ko‘rsatmalar beriladi.
Aynan shu cheklovlar suratkash Syaolu Chuni 2015 yilning avgustida poyezd sayohatiga undadi. U o‘z sayohati davomida kundalik hayot tarzini kadrlarga muhrladi. Chu professional kameradan foydalanmadi, chunki mahalliy aholi buni politsiyaga yetkazishi muqarrar.
Huquq-tartibot organlari bilan ziddiyatga bormaslik uchun tasvirlarning ma'lum bir qismi o‘chirib tashlangan bo‘lsa-da, u ba'zi suratlar bilan bo‘lishishga muvaffaq bo‘ldi. Business Insider mavzuga oid fotojamlanma bilan bo‘lishdi.
Chu uzoq yo‘l bosib o‘tdi.

Aksariyat xitoylik sayyohlar bu yerga Sinchjudan poyezdda yoki Pxenyan orqali samolyotda kelishadi. Suratkash buning o‘rniga Rossiyaga yo‘l oldi va Tumangandagi shimoliy port orqali kirishga ruxsat oldi.

Tumangandan Shimoliy Koreya poytaxtigacha bo‘lgan yo‘lni bosib o‘tish uchun bir kun ketadi. Biroq poyezd Shimoliy va Janubiy Koreya o‘rtasidagi mojarolar sabab bekor qilingan.

"Yaxshiki, qishloqni suratga olish uchun menda bir kun vaqt bor edi", - deydi Chu.

U yerda ko‘pchilik juda nochor yashaydi, odamlari sadaqa so‘rab kun ko‘radi.

Shimoliy Koreyada semiz odamlar deyarli yo‘q.

Aksariyat uy-joylar achinarli ahvolda va juda ta'mirtalab.

Chu vokzalga qaytib, boshi uzra sobiq siyosiy rahbarlar portretlari va xushomadli shiorlarga ko‘zi tushdi.

Bu siyosiy "avliyolar" - tunda qishloqni yoritib turuvchi yagona nuqta. Qolgan inshootlar zulmatda...

Ertasi kuni Chu poytaxtga olib boruvchi poyezdga o‘tirishga muvaffaq bo‘ldi.

Bortdagi bojxona xizmatchisi uning planshetini tekshirdi - GPS yoqilganmi yoki yo‘q. Hukumat signallarni to‘sadi: xavfsizlik siyosati shunday.

Bojxona xizmatchisi shuningdek uning noutbuki va kamerasini ham ko‘zdan kechirdi. Chuning so‘zlariga ko‘ra, xizmatchi raqamli qurilmalarni juda yaxshi biladi - faqat MacBook biroz qiyinchilik tug‘dirgan.

Poyezd shoshilmasdi, shunday ekan, Chu deraza ortidagi hayotni kuzatib ketish imkoniga ega bo‘ldi. Bu bola yo‘l bo‘yidagi makkajo‘xorilarni terib yurardi.

Ko‘pchilik velosipedlarda harakatlanardi.

Bolalar esa daryoda cho‘milishmoqda.

Har safar poyezd stansiyada to‘xtaganida bu o‘lkadagi qashshoqlik va og‘ir hayot ko‘zga tashlanardi. Suratda kichik bola Xamxin stansiyasida tilanchilik qilib, pul yig‘ib yuribdi.

Koreya xalq armiyasi askarlari relslarda dam olishmoqda.

Chu har safar tashqariga chiqqanida o‘z telefoniga bir-ikki surat olish imkonini qo‘ldan chiqarmadi. Uning aytishicha, "bunday qurilmalar haddan tashqari katta e'tibor qaratadi, qishloq aholisi esa juda xushyor".

Mahalliy aholi orasidan kimdir u haqida politsiyaga yetkazdi. "Politsiya xodimi askar hamrohligida meni to‘xtatib, telefonimni tekshirdi. Men suratlarning katta qismini yashirib qo‘ygandim, shunday bo‘lsa-da, bir necha suratni o‘chirishga to‘g‘ri keldi".

Turistik byurolar mamlakat mehmonlarining talabalarning sport to‘garaklarini suratga olishlarini qo‘llab-quvvatlashadi. Bu talabalar Koreya ishchilar partiyasining 70 yillik yubileyini mashq qilishayotgan edi.

Aksilamerika namoyishlarini suratga olishga ham ruxsat bor. Bu suratda AQSh va Janubiy Koreyaga qarshi talabalar marshi aks etgan.

Oxir-oqibat Chu Pxenyangacha yetib bordi.

Business Insider jurnalistlari Chudan "Suratlar uchun seni ta'qib qilishlaridan qo‘rqmaysanmi?" deb so‘rashdi.

"Yo‘q, hech ham qo‘rqmayman", - deya javob berdi u.
Mavzuga oid
20:27 / 09.06.2026
Si Jinping Pxenyanda: Xitoy va KXDR munosabatlarni «yangi cho‘qqilar»ga olib chiqmoqda
09:03 / 27.05.2026
Shimoliy Koreya bir nechta turdagi raketalarni sinovdan o‘tkazdi
20:18 / 11.05.2026
Kim Chen In o‘zi o‘ldirilgan taqdirda, yadroviy zarba bilan qasos olishni buyurdi
17:05 / 10.04.2026