Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Patrushev ShHT va terrorizmga qarshi kurash haqida hikoya qildi
Terrorizm va ekstremizmga qarshi kurash Shanxay hamkorlik tashkiloti (ShHT)ga bosim o‘tkazish uchun bahonalardan biri bo‘lishiga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi. Rossiya xavfsizlik kengashi kotibi Nikolay Patrushev shu haqda bayonot berdi.
6 aprel kuni ShHT mamlakatlari xavfsizlik kengashlari kotiblarining uchrashuvida ishtirok etgan Patrushevning qayd etishicha, "xalqaro terrorizm tashkilot mamlakatlari jiddiy tahdiddir".
"IShID va boshqa terrorchilik tashkilotlarining Afg‘oniston, Markaziy, Janubiy va Janubiy-Sharqiy Osiyod yangi qarorgohlar tashkil etishga urinayotganidan xabardormiz", — degan Patrushev.
"Biroq, terrorizm va ekstremizmga qarshi kurash mamlakatlarimizga bosim o‘tkazishga bahona bo‘lishiga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi. BMT va boshqa xalqaro tashkilotlar doirasida terrorizmga qarshi yondashuvlarni muvofiqlashtirishni davom ettirish hamda xalqaro terrorchilarning BMT XK va boshqa jinoiy-huquqiy choralarda belgilangan sanksiyalardan chetga chiqishlariga imkon bermaslik muhimdir", — deb ta'kidlagan Patrushev.
Mavzuga oid
17:59 / 29.12.2025
Turkiyada 3 nafar politsiya xodimi IShIDga qarshi operatsiya chog‘ida halok bo‘ldi
12:30 / 26.12.2025
AQSh Nigeriyada IShID obektlariga zarba berdi
00:00 / 15.12.2025
Suriyada IShIDga qarshi operatsiya boshlandi
11:39 / 01.12.2025