Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Patrushev NATOni “hujumkor guruh” tuzishda aybladi
NATO “amalda hujumkor harakatlarga yo‘naltirilgan ko‘pmillatli guruh tuzmoqda”, deya da’vo qildi RF prezidenti yordamchisi Nikolay Patrushev.
Rossiya Boltiq dengizida blokada yuzaga kelib, vaziyatni tinch yo‘l bilan hal etish imkonsiz bo‘lsa, o‘z harbiy-dengiz flotini ishga soladi. Bu haqda seshanba, 17 fevral kuni chop etilgan “Argumenty i fakty” gazetasiga bergan intervyusida RF prezidenti yordamchisi Nikolay Patrushev bildirdi. U ayni paytda RF Dengiz kollegiyasi raisi ham hisoblanadi.
«Birinchi qadam sifatida biz umume’tirof etilgan siyosiy-diplomatik va huquqiy mexanizmlarni ishga solamiz», — dedi Patrushev. «Agar bu vaziyatni tinch yo‘l bilan tartibga solishning iloji bo‘lmasa, u holda blokadani yorib o‘tish va bartaraf etish bilan harbiy-dengiz floti shug‘ullanadi», — deb qo‘shimcha qildi Patrushev. U 2000-yillar boshida RF Federal xavfsizlik xizmati (FXX) direktori lavozimida ishlagan.
Nikolay Patrushev NATO “amalda hujumkor harakatlarga yo‘naltirilgan ko‘pmillatli guruhni yaratayotgani”ni, shuningdek Finlandiya “shimol-g‘arbiy RF hududlariga yetib bora oladigan” zarba beruvchi qurollar bilan jihozlangan korvetlar bilan o‘z harbiy-dengiz kuchlarini ta’minlayotganini aytdi.
Patrushev versiyasiga ko‘ra, Shimoliy Atlantika alyansi Kaliningrad viloyatini bloklashni, shuningdek Rossiyaning dengizlarga chiqishini ham to‘sishni rejalashtirmoqda — “hech bo‘lmaganda Atlantika havzasida. «Yevropa bayroqlari ostida dengizlarda juda ko‘p kemalar qatnaydi, buni unutmaylik. Bizda ham ular nima tashiyapti va qayerga olib ketyapti, degan qiziqish paydo bo‘lishi mumkin», — deya ogohlantirdi RF prezidenti yordamchisi.
Shu bilan birga, u Rossiya harbiy-dengiz floti “dengiz savdosini himoya qilish vazifalarini ancha yuqori zo‘riqish bilan” bajarayotganini ham tan oldi. Nikolay Patrushevning aytishicha, uzoq masofali dengiz va okean zonalarida, bazalardan katta uzoqlikda uzoq vaqt mustaqil harakat qila oladigan kemalar ancha ko‘proq kerak.
G‘arb davlatlari Moskvani neft eksportiga qo‘yilgan sanksiyalarni “soya floti” deb ataluvchi kemalar orqali aylanib o‘tayotganlikda ayblaydi. Bu kemalar ko‘pincha nazorat darajasi past bo‘lgan yurisdiksiyalarda ro‘yxatdan o‘tkaziladi yoki qalbaki kompaniyalardan iborat murakkab zanjirlar orqali boshqariladi hamda tashish yo‘nalishlari va yuk haqidagi ma’lumotlarni ochiqlamaydi.
2025 yil fevral holatiga ko‘ra, YeI sanksiyalari ostida 153 ta tanker, Buyuk Britaniyada — 133 ta, AQShda — 183 ta tanker bo‘lgan. Shu bilan birga, Donald Tramp ma’muriyati Kanadaning sanksiyalar buzilishini monitoring qilish uchun maxsus guruh tuzish haqidagi taklifini rad etgan.
Mavzuga oid
08:45
Ukraina Rossiyani BMTdan chiqish haqida o‘ylab ko‘rishga chaqirdi
22:09 / 08.06.2026
«Gazprom» O‘zbekistonga eksportni 15 foizga oshirganini ma’lum qildi
20:34 / 08.06.2026
Xominaiy o‘ldirilgach, Rossiyada Putinni qo‘riqlash uchun yaratilgan kuzatuv tizimi o‘chirib qo‘yildi
18:06 / 08.06.2026