18:42 / 06.04.2017
5161

Toshkentda bir hafta mobaynida 26ta jinoyat fosh etildi

2017 yilning 31 martdan 6 aprel kuniga qadar Toshkent shahar IIBB soha xizmatlari tomonidan jamoat tartibini saqlash, fuqarolar xavfsizligini ta'minlash, sodir etilgan jinoyatlarni fosh etish hamda jinoyatlarni sodir etilishini oldini olish borasida qator ishlar amalga oshirildi. Bu haqda IIBBda bo‘lib o‘tgan matbuot brifingida ma'lum qilindi.

Olib borilgan tergov-tezkor tadbirlar natijasida mart oyining o‘zida fosh etilmay qolgan jinoyatlarning 116 tasi, hafta davomida esa 26 ta, xususan:
1ta qasddan og‘ir tan jarohati yetkazish, 2ta bosqinchilik, 1ta talonchilik, 16ta o‘g‘irlik, 5ta firibgarlik  va 1ta giyohvandlik vositalari bilan qonunga xilof ravishda muomala qilish jinoyatlari fosh etildi.

Shuningdek, mart oyida 510 nafar, hafta davomida 28 nafar – qidiruvda bo‘lgan jinoyatchilar ushlandi.

Top