Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbek militsiyasi ehtiyoj bo‘lganda fuqarolar mashinalaridan foydalanishlari mumkin
O‘zbekiston IIV va vazirlikning barcha idoralari xodimlari, endilikda, xorij kinolarida ko‘rganimiz kabi, ehtiyoj bo‘lganida fuqarolarning transport vositalaridan foydalanishlari mumkin. Bu Toshkent shahar IIBBda bo‘lib o‘tgan matbuot brifingida ma'lum qilindi. Ushbu holat ichki ishlar xizmatini tartibga soluvchi qonunning 20-moddasida belgilab qo‘yilgan.

Bundan tashqari, ma'lum bir hududda yoki turar joy binosida, xonadonda jinoyatchi borligi aniqlanib, uning hatti-harakati atrofdagilarga xavf soladi, deb xulosa qilinsa, yoxud biror hodisa tufayli hududga mas'ul ichki ishlar bo‘limi rahbarining og‘zaki yoki yozma buyrug‘i bilan o‘sha joy o‘rab olinishi mumkin.
Shu bilan birga, ma'lum qilinishicha, qonunda ichki ishlar boshqarmalari O‘zbekiston hududidagi barcha OAVlari xizmatidan bepul foydalanish huquqiga egaligi qayd etilgan.
IIBB vakilining so‘zlariga ko‘ra, ayni vaqtda ichki ishlar xizmatiga doir qonunga binoan qonunosti hujjatlari ishlab chiqilmoqda.
Mavzuga oid
16:48 / 15.05.2026
“Kichik yo‘lda 120 km/soat tezlikda haydadi” – Xorazmda mast holda mashina boshqargan IIB xodimi YTHga uchradi
10:39 / 02.05.2026
Jinoyatni bosdi-bosdi qilib berishini aytib pul olgan IIB xodimi ushlandi
17:00 / 28.04.2026
“Egnidagi formasiga ishonib qolibman” – Andijonda YXHB inspektori odamlarni chuv tushirdi
13:58 / 25.04.2026