Rossiya: Vashingtonda aviazarbalar berish haqidagi qaror Idlib hodisalaridan avval qabul qilingan
Amerika tomoni Suriyada hukumat kuchlari kimyoviy quroldan foydalanmaganini tushungan, Suriyaga aviazarbalar berish haqidagi qaror esa avvaldan qabul qilingan. Bu haqda Rossiya Tashqi ishlar vazirligi rasmiy xabarida aytiladi.
«Ehtimol, Amerika qanotli raketalari tomonidan zarba avvaldan tayyorlangan. Istalgan mutaxassis zarbalar berish haqidagi qaror Vashingtonda Idlibdagi hodisalarga qadar qabul qilinganini yaxshi tushunadi, ular shunchaki kuchni ko‘rsatib qo‘yish uchun bir bahona bo‘ldi», - deyiladi rasmiy xabar matnida.
Shuningdek, vazirlikdan ta'kidlanishicha, bunday harakatlar Mo‘suldagi vaziyatdan e'tiborni tortishga urinishdir. Chunki u yerda AQSh boshchiligidagi koalitsiya harakatlari oqibatida yuzlab tinch aholi vakillari halok bo‘ldi.
«AQSh o‘zini yaqqol narsalarni tushunmayotgandek tutmoqda. Ular Iroqda terrorchilar tomonidan kimyoviy qurol qo‘llanilishiga ko‘z yumishdi, bu haqda Bag‘dod xabar bergandi. Ular Halabda terrorchilar tomonidan kimyoviy quroldan foydalanish haqidagi bayonnomalashtirilgan hujjatlarni nazar-pisand etishmayapti. Shu tariqa xalqaro terrorizmga faqatgina erk berish, uni kuchaytirish va ommaviy qirg‘in qurol vositalari qo‘llangan yangi hujumlarni kutish mumkin», - deya ta'kidlab o‘tishdi tashqi siyosat idorasida.
TIV shuningdek, AQShning bunday harakatlari tufayli Rossiya-Amerika munosabatlari yanada buzilayotganidan afsusda ekanini bildirdi.
Mavzuga oid
15:01
Nyu-Yorkda piyodalarga yo‘lning istalgan joyidan istalgan vaqtda kesib o‘tishga ruxsat berildi
11:50
AQSh sudi Maskning siyosiy lotereyasini taqiqlamadi
14:35 / 04.11.2024
AQSh O‘zbekistonning Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lishini qo‘llab-quvvatladi
11:10 / 04.11.2024