AQŞda Minneapolis şahrida ICE (Immigratsiya va bojxona xizmati) operatsiyasi vaqtida otişma oqibatida yana bir amerikalik halok bölganidan keyin norozilik namoyişlari kengaymoqda. 25 yanvar, yakşanba kuni Minneapolisda 37 yoşli tibbiy hamşira Aleks Prettini xotirlaş uçun motam aksiyasi ötkazildi. U bir kun avval federal agentlar operatsiyasi davomida halok bölgan.
AQŞ hokimiyati otişma “özini himoya qiliş” maqsadida bölganini aytdi, ammo e’lon qilingan videolavhalar bu versiyaga şubha uyğotmoqda.
Şu orada Kongressdagi demokratlar Oq uyga bosimni kuçaytiriş maqsadida ICE uçun ajratiladigan budjet mablağlarini tösib qöyiş niyatida. Respublikaçilar esa, öz navbatida, demokratlarni keskinlikni avj oldirişda ayblamoqda.
Demokratik partiya ICE'ni moliyalaştiriş haqidagi qonun loyihasini Içki xavfsizlik vazirligi uçun ajratmalar paketi doirasida tösib qöymoqçi. Agar Kongressda kelişuvga erişilmasa, AQŞ juma kuniyoq yangi qisman şatdaunga duç kelişi mumkin — çunki şu kuni vaqtinçalik budjetning amal qiliş muddati tugaydi.
Senatdagi demokratlar yetakçisi Çak Şumer partiyasi xarajatlar loyihasiga oqilona özgartişlar kiritişga uringanini, ammo respublikaçilar Trampdan uzoqlaşişni istamagani uçun demokratlar qarşi ovoz berişini bildirdi. “Minnesotada bölayotgan hodisalar — juda qörqinçli”, — deb yozdi u X ijtimoiy tarmoğida.
Budjet paketi qabul qilinişi uçun Senatda 53 ta ovozga ega respublikaçilarga kamida 60 ta ovoz kerak böladi, bu esa ularni demokratlar qölloviga boğliq qiladi.
AQŞ prezidenti Donald Tramp Prettining halok bölişi uçun mas’uliyatni demokratlar zimmasiga yukladi va ştat hamda şahar hokimiyatlaridan federal hukumat bilan hamkorlik qilişni talab qildi. Xususan, u Minnesota gubernatori Tim Uolsni turmalarda saqlanayotgan barça noqonuniy muhojirlarni zudlik bilan deportatsiya qiliş uçun federal agentliklarga topşirişga çaqirdi.
“Amerika şaharlari faqat qonunga böysunuvçi AQŞ fuqarolari uçun xavfsiz makon bölişi kerak”, — deb yozdi Tramp Truth Social ijtimoiy tarmoğida, demokratlarni qonuniylikni yemiriş va betartiblikni qözğatişda ayblab.
Tramp The Wall Street Journal (WSJ) gazetasiga bergan intervyusida ma’muriyati otişma holatining barça jihatlarini tekşirayotganini aytdi. U Oq uy barça tafsilotlarni örganayotganini, tekşiruv yakunlangaç yakuniy qaror qabul qilinişini bildirdi. Şuningdek, Tramp Minneapolisdan federal agentlarning bir qismini olib çiqiş ehtimolini ham aytgan.








