Rossiyadagi eng yirik metallurgiya xoldingi “Rusal”ning sobiq rahbari Oleg Deripaska Telegram ijtimoiy tarmoğida Ukrainadagi uruş va Rossiya hokimiyatini tanqid qilgan postlarini öçirib taşladi. “Vajnyye istorii” naşri 26 yanvar, duşanba kuni xabar berişiça, uning kanalida 2025 yil 1 noyabrgaça e’lon qilingan uruşga qarşi bayonotlar yöqolgan.
Jumladan, Deripaska Ukrainaga keng kölamli hujumni “telbalik” deb atab, uni “hozirning özida tugatiş kerak” degan post ham öçirilgan. Şuningdek, u qöşimça eksport bojlarini “pul siqib oliş/ekspropriatsiya” deb baholagan naşrini ham olib taşlagan. Bundan taşqari, u soliqlarni oşirmaslik uçun Mudofaa vazirligi va boşqa kuç tuzilmalari ştatlarini çorakka qisqartirişga çaqirgan postni ham öçirgan — unda “bu tödani boqiş” uçun soliqni kötarişga qarşi fikr bildirilgan.
Naşr qayd etişiça, Deripaska keyinroq yozgan ba’zi postlarini tahrirlagan ham. Xususan, 12 yanvar kungi postda u hokimiyat harakatlari sabab “minglab” Rossiya korxonalari bankrot böliş xavfi ostida qolişini aytgan. “Qandaydir me’yordan taşqari darajada sodda eksperiment ketyapti, u şarmandali tarzda yakunlanadi”, — deb yozgan u. Keyinroq uşbu postda faqat inflatsiyaga qarşi kuraşda hokimiyat va biznes harakatlarini muvofiqlaştirişga çaqiriq qolgan.
Prezident Vladimir Putinga yaqin şaxs hisoblanadigan oligarx Oleg Deripaskaga AQŞ 2018 yildan beri sanksiya qöygan. RFning Ukrainaga keng kölamli hujumi boşlanganidan keyin esa u YeI, Buyuk Britaniya va boşqa davlatlarning sanksiya röyxatlariga kiritilgan.
Deripaska şaxsiy sanksiyalarni bekor qildirişga urinib, bir neça bor rezonans bayonotlar bergan, ammo Putinni biror marta tilga olmagan. Britaniyaning Financial Times gazetasi ma’lumotiga köra, Kreml kamida ikki marta undan uruşni tanqid qilişni töxtatişni talab qilgan.
Ukraina Xavfsizlik xizmati (UXX) Deripaskaga Ukraina Jinoyat kodeksining bir neçta moddalari böyiça, jumladan uruşni moliyalaştiriş uçun ham, sirtdan gumon e’lon qilgan. Ukrainada uning barça zavodlari milliylaştirilgan va 48 mln yevro miqdoridagi aktivlari xatlovga olingan.












