NATO boş kotibi Mark Ryutte 26 yanvar, duşanba kuni Yevroparlamentning mudofaa va taşqi işlar qömitalari a’zolari bilan uçraşuvda, yaqin kelajakda Yevropa AQŞ yordamisiz özini himoya qila olmasligini aytdi.

“Agar bu yerda kimdir Yevropa Ittifoqi yoki umuman Yevropa AQŞsiz özini himoya qila oladi, deb öylasa — orzu qilişda davom etavering. Bu iş bermaydi”, — deya AFP agentligi Ryuttening sözlarini keltiradi. Şu munosabat bilan u AQŞning yadroviy soyabonini “erkinligimizning asosiy kafolati” deb atadi va uning pozitsiyasini qöllab-quvvatlamaydiganlarga “omad” tiladi.

Şu bilan birga, Ryutte “AQŞ ham xuddi Kanada va NATOdagi yevropalik ittifoqçilar kabi NATOdan manfaatdor” ekanini ta’kidladi. “Yevropa va Kanada öz xavfsizligi uçun köproq javobgarlikni zimmasiga olsa, adolatli va maqsadga muvofiq bölar edi. Yaxşi xabar — ular buni qilyapti”, — dedi alyans boş kotibi.

Ryuttening aytişiça, agar Yevropa haqiqatan ham “mustaqil harakat qiliş”ni istasa, har bir mamlakat mudofaa xarajatlarini 2025 yil iyunda NATO iştirokçilari kelişib olganidek 5 foiz YaIMgaça emas, balki 10 foiz YaIMgaça oşirişi kerak böladi. Alyans boş kotibi yana bir muammo sifatida Yevropaning yadroviy salohiyatini oşiriş masalasini ham keltirdi: “Amerika soyaboni” yöqolsa, bu “milliardlab va milliardlab yevro”ga tuşadi.

Ryutte, şuningdek, yagona Yevropa armiyasi tuziş ğoyasini tanqid qildi. Milliy qurolli kuçlarga qöşimça ravişda bunday birlaşma paydo bölsa, “köplab takrorlanuvçi tuzilmalar” yuzaga keladi va bu “vaziyatni murakkablaştiradi”. Ryuttening fikriça, agar Yevropada NATO doirasidan taşqari yagona armiya paydo bölsa, Rossiya prezidenti Vladimir Putin “bundan xursand bölar edi”.

Germaniya taşqi işlar vaziri Yoxann Vadeful Yevropa mudofaa uçun 5 foiz YaIM ajratişga qaror qilgani bilan “töğri yölda” ekanini bildirdi. “Agar biz şunday qilsak, albatta, oddiy (yadroviy bölmagan) vositalar bilan özimizni himoya qilişga qodir bölamiz”, — dedi u Stokholmda şvetsiyalik hamkasbi Mariya Malmer Stenergard bilan qöşma matbuot anjumanida.

Şu bilan birga, Vadeful yadroviy salohiyatni oşiriş “haqiqatan ham ança murakkab masala” ekanini tan oldi. Şu munosabat bilan vazir Yevropani “köproq mustaqillikka intiliş”ga, bir vaqtning özida esa “AQŞ bilan mudofaa ittifoqi faol holatda qolişini doimo kuzatib boriş”ga çaqirdi.

NATO boş kotibining bayonotlariga Fransiya taşqi işlar vaziri Jan-Noel Barro ham munosabat bildirdi. “Yöq, hurmatli Mark Ryutte. Yevropaliklar öz xavfsizligi uçun javobgarlikni öz zimmasiga olişi mumkin va olişi şart. Bunga hatto Qöşma Ştatlar ham qöşiladi. Bu — NATOning yevropaça tayançi”, — deb yozdi u X ijtimoiy tarmoğidagi sahifasida.