Jahon | 08:31 / 07.04.2017
10606
1 daqiqa o‘qiladi

Rossiyada IShID bilan aloqador 1,4 mingga yaqin shaxs aniqlandi

Rossiyada ikki yil ichida IShID terrorchilik guruhi bilan aloqador taxminan 1,4 ming kishi aniqlandi. Bu haqda Rossiya TIVning yangi chaqiriqlar va tahdidlar departamenti direktori o‘rinbosari Dmitriy Feoktistov xabar berdi, deya ma'lum qildi RIA «Novosti».

«Rossiyada ikki yil ichida IShID bilan aloqador 1,4 ming kishi aniqlandi, hamda ular terrorchilik va ekstremistik faoliyat bilan aloqador bo‘lgan tashkilotlar va xususiy shaxslar ro‘yxatining milliy qismiga kiritildi», - deya aytib o‘tdi u.

Uning qo‘shimcha qilishicha, “bu kishilarga aloqasi bo‘lgan” umumiy miqdori 120 ming dollar bo‘lgan 1,5 mingta bank hisob-kitob raqamlari muzlatib qo‘yilgan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid