Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Suriya voqeasi bo‘yicha Saudiya Arabistoni ham AQSh tomonida
Saudiya Arabistoni tomonining hisoblashicha, amerikaliklar prezidenti Donald Tramp Suriyadagi Shayrat aviabazasini bombardimon qilishga buyruq berib, «dadil qaror» qabul qilgan. Saudiyaliklar bu aviabazadan ko‘tarilgan samolyotlar kimyoviy hujum uyushtirgan deb hisoblamoqda.
Mamlakat tashqi ishlar vazirligida bu «xalqaro hamjamiyat to‘xtata olmayotgan Suriya rejimining harakatlariga» munosib javob bo‘lgani qayd etilgan.
Bundan oldinroq Turkiya tomoni ham bu hodisada AQShni yoqlashini ma'lum qilgandi.
7 aprelga o‘tar kechasi AQSh Xoms provinsiyasidagi Suriya HHK aerodromiga zarba berdi. Pentagon ma'lumotlariga ko‘ra, aviabaza hududiga qarata 59 ta Tomahawk qanotli raketasi uchirilgan.
Mavzuga oid
10:18 / 29.06.2026
Saudiyada vertolyot quladi: 14 kishi halok bo‘ldi
19:38 / 22.06.2026
Yamal gol urdi va sajda qildi, Portugaliyada «Dallas seriali boshlandi»
08:33 / 02.06.2026
Venada Asad davri generali ustidan sud boshlandi
07:09 / 02.06.2026