AQSh kongressmeni Suriyaga berilgan zarbani tanqid qildi
AQSh kongressi vakillar palatasining Gavayidan a'zosi, demokrat Tulsi Gabbard AQShning Suriyaga bergan zarbasidan norozilik bildirdi. Uning aytishicha, AQShning Suriyadagi barcha harakatlari yanada ko‘proq vayronalarga va xaosga olib keladi, qanotli raketalar bilan zarba berish esa "o‘ylanmay qilingan qadam" bo‘lgan. Gabbardning chiqishi CNN telekanali tomondan namoyish qilingan.
"Biz tuzumlarni o‘zgartirishga qaratilgan vayronakor yo‘nalishni davom ettirmasligimiz kerak. Bu faqat yanada ko‘proq qurbonlarga olib keladi", deb aytdi ayol kongressmen. U ixtilofning ongli yechimini topishga chaqirdi.
Gabbard Oq uy kongressga aynan Damashq Idlibdagi kimyoviy hujumga aloqador ekanligining isbotlari keltirishi kerakligini aytib o‘tdi.
Avvalroq Gabbard Suriyada bo‘lib, Bashar Asad bilan uchrashgandan keyin, AQShni Asad bilan qonuniy yetakchi sifatida muloqot olib borishga chaqirgandi.
Bundan avval senatning Virginiya shtatidan a'zosi, respublikachi Richard Blek AQSh prezidenti Donald Trampga Idlibdagi kimyoviy hujum ortida suriyalik harbiylar emas, IShID jangarilari turgani haqidagi bayonot bilan murojaat qilgan. Blekning fikricha, jangarilar AQShni o‘z nayrangiga ilintiruvchi "mohir manipulyatorlardir".
Mavzuga oid
14:35
AQSh O‘zbekistonning Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lishini qo‘llab-quvvatladi
11:10
CNN: AQSh saylovlari Putinni Kiyev bilan muloqotga undamaydi
09:30
Kamala Harris AQSh prezidentlik saylovlarida ovoz berdi
16:42 / 03.11.2024