Jahon | 18:10 / 08.04.2017
5466
1 daqiqa o‘qiladi

Poroshenko Ukrainaning NATO bilan hamkorlik dasturini tasdiqladi

Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko "Ukraina-NATO shafeligidagi 2017 yil uchun milliy dasturni tasdiqlash to‘g‘risida"gi farmonni imzoladi. Ukraina davlat rahbari matbuot xizmati shu haqda ma'lum qildi

"Dastur davlatchilikning xavfsizlik va mudofaa sohasidan tortib asosiy ijtimoiy-siyosiy, huquqiy sohalarida islohotlar o‘tkazish, korrupsiyaga qarshi kurashish va markaziy boshqaruvni mahalliy hokimiyatlarga taqsimlashni nazarda tutadi. Bundan ko‘zlangan maqsad Ukrainani NATO standartlariga yaqinlashtirishdir", - deyiladi hujjatda. 

Dastur, shuningdek, Ukraina mudofaa salohiyatini NATOning ekspertlik, moliyaviy, moddiy-texnikaviy va boshqa imkoniyatlarini jalb qilgan holda kuchaytirishni belgilaydi. 

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid