Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Joriy yilda metroning Sergeli yo‘nalishida 3 ta bekat bitkaziladi

Toshkent metropolitenining Sergeli yo‘nalishi uzunligi 7,1 kilometrni tashkil qiladi va 2020 yil oxirigacha qurib foydalanishga topshirilishi ko‘zda tutilgan.
Ushbu yo‘nalish 6 bekatdan iborat bo‘lib, undan uchtasi shu yilning o‘zida bitiriladi. Metroning bu yo‘nalishi yer ustidan estakadalar orqali o‘tadi. Shu bois 2017 yil oxiriga qadar loyihaning 2,5 km estakada qismini barpo etish rejalashtirilgan. Bugungi kunga kelib 30 dan ortiq tayanch ustuni oralig‘ida poydevor qazish va betonlash ishlari yakunlanmoqda. Shuningdek, obektda 5000 kub metr tuproq va 2100 kub metrdan ziyod beton olish ishlari bajarildi.
Toshkent metropolitenining Yunusobod yo‘nalishining 2-bosqichida 2,7 km lik 2 ta bekat qurish jarayonida 135 ming kub metr tuproq va 220 kub metrdan ziyod beton olish ishlari bajarildi. Hozirgi mavjud 2 ta shaxta va tunellarda modernizatsiya jarayoni amalga oshirilmoqda.
Mavzuga oid

18:07 / 25.10.2022
Metroda sumkasida bomba borligini aytib hazillashgan qiz 5 sutkaga qamaldi

09:47 / 23.06.2021
Metro endi xavfsiz transport emasmi? Ko‘ngilsizliklar qachongacha davom etadi?

11:21 / 20.04.2021
Metroda to‘y qilganlarning har biri qariyb 1 mln so‘mdan jarima to‘laydi

21:55 / 27.12.2020