Metro endi xavfsiz transport emasmi? Köngilsizliklar qaçongaça davom etadi?
|14:47 / 23.06.202130 82917 min
20 iyun kuni metroda yana bir köngilsizlik röy berdi, jarayon aks etgan videolar internetda tarqalgan. Bu Toşkent metropolitenida yil boşidan buyon (OAVga ma'lum bölgan) 10-favqulodda holat. Köngilsizliklarning aksariyati mart-may oylarida kuzatilgan.
Voqealar xronologiyasi
18 mart kuni «Olmazor» va «Çoştepa» orasidagi tunnelda 4 vagonli poyezd töxtab qolgan, natijada şu yönalişda harakatlanib kelayotgan navbatdagi poyezd vagonlarga kelib urilgandi. Rasmiy bayonotda vagonlarga katta zarar yetmagani ta'kidlansa-da, internetda tarqalgan suratlarda ortdan kelib urilgan poyezdning old qismi yaxşigina paçoqlanganini köriş mumkin.
7 aprel kuni Toşkent metrosida yana ikki poyezd töqnaşgani haqida xabar tarqaldi. Metro ma'muriyati töqnaşuv bölganini rad etgan. Rasmiy izohda poyezd «Ğofur Ğulom» bekatida texnik sabablarga köra töxtatilgani, yölovçilar vagonlardan tuşirilib, navbatdagi poyezdga ötkazib yuborilgani ma'lum qilindi.
8 aprel kuni «Qipçoq» bekatidan «Olmazor» bekati tomon harakatlangan metro poyezdi yer usti yölida töxtab qoldi. Yölovçilar 15 daqiqa harakat tiklanişini kutişgan, ammo özgariş bölmagaç, odamlar vagonlardan tuşib keyingi bekatgaça piyoda borişgan. Bekatlar orasida harakat 6 soat davomida töxtab qolgan.
Mavzuga oid
9 aprel kuni «Puşkin» va «Buyuk ipak yöli» bekatlari oraliğida poyezd vagon eşiklari oçiq harakatlangani videosi tarqaldi. Metro ma'muriyati hodisa uçun uzr söradi.
12 aprel kuni Sergeli yönalişining «3-Bekat» stansiyasidagi vaqtni körsatuvçi soat tablosida nojöya sözlar yozilgani aks etgan videolavha tarqaldi. «Özbekiston temir yöllari» tablodagi yozuv hakerlar işi ekanini ma'lum qildi.
28 aprel kuni Çilonzor yöli böylab harakatlanayotgan poyezd vagoni tunnel içida töxtab qolgani, ijtimoiy tarmoqlarda yölovçilar «Novza» bekatigaça piyoda ketayotgani aks etgan video va fotolar tarqaldi. Metrodagi nosozlik tufayli şahar jamoat transportida yuqori darajadagi tirbandlik yuzaga kelgandi.
7 may kuni soat 21:10dan 22:00gaça Toşkent metropoliteni Halqa yölining 7-bekatida elektr energiyasi öçib qoldi.
13 may kuni «Amir Temur xiyoboni» bekatida barça yölovçilar tuşirib yuborildi. Rahbariyat holatni Çilonzor yönalişida texnik-profilaktika işlari olib borilgani bilan izohladi.
24 may kuni tongda poyezd «Hamid Olimjon» bekatida töxtab qolgan. Rasmiy izohda maşinist poyezdda nosozlikni aniqlagani uçun tarkibni töxtatgani aytilgan.
11 iyun kuni internetda «Kosmonavtlar» bekatida yölovçilar poyezddan tuşirib yuborilgani videosi tarqaldi. Rahbariyat buni metro vagonida şubhali buyum qoldirib ketilgani bilan izohlagan.
20 iyun kuni soat 22:10da «Olmazor» bekatidan «1-bekat» tomon harakatlangan poyezdda yana köngilsizlik sodir bölgan. Telegramda tarqalgan videoda yölovçilar vahimaga tuşib baqirayotgani, poyezd töxtaşi bilan undan şoşib tuşişayotgani, şuningdek, yölovçilar eşigi oçilmay qolgan vagonlardan birining oynasini sindirişga urinayotgani aks etgan. Metropoliten ma'muriyati aynan qanday köngilsizlik röy bergani, vagon eşiklari nima uçun oçilmay qolganiga oydinlik kiritmagan. Rasmiy xabarda xavfsizlikni taminlaş maqsadida yölovçilar Olmazor bekatida tuşirilgani, nosozlikni aniqlaş maqsadida tarkib depoga jönatilgani qayd etildi.
Metrodagi köngilsizliklar haqida kim qanday fikrda?
Yuqoridagilar faqat yölovçilar guvoh bölgan va internetga sizib çiqqan holatlar. Röy berayotgan hodisalar internet foydalanuvçilarida nosozliklar kölami bundan ham keng bölişi mumkinligi, Toşkent metropoliteni bundan buyon xavfsiz transport emasligi haqidagi xavotirlarni yuzaga keltirmoqda.
«Har doimgidek standartlarga, texnologiyalarga rioya etmaslik, muddatidan oldin topşiriş, «ura-ura» bilan tez-tez bitiriş, keçasi-yu kunduzi majlisbozlik qiliş natijasi – bu. Yana ÖTYdagilar bunday holatni biz bilar edik, şunday bölişini kutgan edik, lekin muddatidan sal oldin bölib qoldi deb izoh berib qöya qoladi», deb yozadi Anortoy Şoazimov.
«Eh, şarmanda qilib bölişdi. Tegişli taşkilot vakillariga çora körilmagunça [vaziyat] önglanmaydi şekilli», deydi Dilşod Temirov.
«Toşkent metrosi ekstremal joy bölib qoldi. Juda-juda xavfli joy bölib qoldi!» deya yozğiradi Abdumalik Mahmudov.
Davron Asadullayev esa metro oçilganiga neça yillar bölganini, şu paytga qadar bironta töxtaş yoki avariya holatini eşitmagani, nega şu 1 yil mobaynida metro bilan muammolar bölayotganini heç tuşuna olmayotganini ta'kidlaydi.
«Metroga tuşganda bugun bizni nima kutarkan, deb tuşamiz şekilli», deya öz xavotirlarini bildirgan Zahro Zakirova.
«Eski metroni haqiqiy mutaxassislar qurgani uçun 45 yildan beri biror köngilsiz voqea yuz bermagandi. Hozir metroni ham, binolarni ham, köprik va töğonlarni ham arzon işçi kuçi – mardikorlar qurişyapti. Avvallari har bir soha böyiça mutaxassislar tayyorlanar edi. Böyoqçi çilangarlik yoki sartaroş quruvçilik qilmasdi», deya ta'kidlaydi Dilorom Azizova.
«Rivojlangan mamlakatlarda metro inşootlarining ekspluatatsiyasi yuz yillarga yetadi. Bizning mamlakatda esa bir neça yilga qolmasdan xalqning hayotini xavf ostiga qöyib işdan çiqmoqda. Bularning sababi ayon hammaga: çalasavod mutaxassislar va öğrilik. Qaçongaça bu davom etarkin? Heç bölmasa qölidan kelmasligini tan olib, boşqa mamlakatlardan mutaxassis yollasa böladi-ku bunday strategik obektlarga. Esiz, xalqning peşona terisidan töplangan soliq va tölovlar evaziga töldirilgan davlat budjeti...», deb yozadi Karomat Ibragimova.
«Axir 83 mln dollar kiçkina sarmoya emas, şuni odamga öxşab, xalqaro tender e'lon qilib, biror tajribasi bor, zamon talabiga mos keladigan qilib quradiganlarga topşirilsa bölmasmidi?! Mayli 1-2 söm qimmatroqqa tuşar, har holda hozirgiga öxşab har ikki oyda buziladigan metro bölmas edi», deydi Jasur Abdurahmonov.
«Bu pulga [83 mln dollarga] Elon Mask Hyperloop qurib berardi», deb yozgan Saidabror Abduraşidov.
«Metro qurilişiga xalqning, davlatning qança puli sarflanmoqda. Afsuslanarli va juda alamli bu. Davlat nazorati qayerda qoldi? Qonunlar qaçon haqiqatda işlay boşlaydi?» deya kuyunadi Rustam Şohnazarov.
«Bizda qurilişniyam, hamma sohada qilinayotgan işlarning sifati past. Şu kamçiliklarga yöl qöygan odamlar jazolanmaydi, keçirim bilan qutuladi. Bunaqada özgariş qilib bölmaydi. Bu insonlar öz xatosi tufayli boşqalar hayotini xavfga qöyişi birinçi marta bölsa, ikkinçisi, budjet pullarini sovurişyapti. Şunaqa ayb bilan keçirim sörab qutuliş mantiqqa töğri keladimi?!» deydi Xursanoy Oxunjonova.
Qaçongaça uzr bilan kifoyalaniş mumkin?
Har safar metro bilan boğliq köngilsizliklar böyiça rasmiy munosabat bildirarkan, «Toşkent metropoliteni» UK yoki «Özbekiston temir yöllari» AJ yuzaga kelgan noqulaylik uçun yölovçilardan uzr söraş bilan kifoyalanadi. Hatto heç qanday uzr söralmagan, aksinça rasmiy munosabatda barça aybni yölovçilarga yuklaşga, OAV va internet foydalanuvçilarini yolğon axborot tarqatişda ayblaşga urinilgan holatlar ham bor.
Odatda, metroda yuz beradigan favqulodda holatlar «texnik-nosozlik röy bergani» bilan izohlanadi. Nari borsa, hodisa yuzasidan xizmat tekşiruvi tayinlangani, vaziyatga oydinlik kiritiş uçun işçi guruh taşkil etilgani aytiladi. Biroq xabarlarning izi sovişi bilan «texnik-nosozlik»ka nima sabab bölgani, kelgusida bunday voqealar takrorlanmasligi uçun nimalar qilingani haqida aksar hollarda rasmiy ma'lumot berilmaydi.
Şuningdek, yuzaga kelgan nosozliklar böyiça tayinlangan xizmat tekşiruvlari natijalari ham köp hollarda jamoatçilikka oşkor qilinmaydi. Faqatgina 9 aprel kuni «Puşkin» va «Buyuk ipak yöli» bekatlari oraliğida vagon eşigi yopilmagan holda harakatlangan poyezd maşinisti, tarkibning elektr-çilangari va katta ustasi işdan böşatilgani, şuningdek, xizmat tekşiruvi natijasida elektrodepo boşliğining tarkiblarni ta'mirlaş böyiça örinbosariga maoşining 40 foizi miqdorida jarima tayinlangani oçiqlangan, xolos.
18 mart (poyezd «texnik sabablarga köra» tunnelda töxtab qolgan), 7 aprel (poyezd «Ğofur Ğulom» bekatida texnik sabablarga köra töxtatilib, yölovçilar boşqa poyezdga ötkazilgan), 8 aprel (poyezd «texnik muammo» sababli yer usti yölida töxtab qolgan), 24 may (poyezd «texnik sabablarga köra» metroning «Hamid Olimjon» bekatida töxtab qolgan) kunlari röy bergan avariyalarga nima sabab bölgani aytilgani yöq.
20 iyunda röy bergan holat hali yangi ekani, nosozlik sabablarini aniqlaş muayyan vaqt talab qilgani uçun bu hodisani röyxatga tirkaganimiz yöq. Biroq metro ma'muriyati 13 maykuniÇilonzor yönalişida texnik-profilaktika işlari nima uçun aynan kunduz kuni, yölovçilar oqimi tiğiz paytda olib borilganiga ham oydinlik kiritişi kerak, nazarimizda. Qolaversa, 18 martdagi holat böyiça huquq-tartibot organlari tergovga qadar suriştiruv ötkazayotgani ma'lum qilingan esa-da, jamoatçilik şu paytgaça suriştiruv natijasidan bexabar qolmoqda.
Monopoliyaga qarşi kuraşiş qömitasining rasmiy munosabatida ham Toşkent metropolitenidagi voqealar «xizmat körsatuvçining öz majburiyatlarini bajarmayotganidan dalolat berayotgani» ta'kidlab ötiladi. Qömita «Şahar yölovçilar transporti töğrisida»gi qonunning 8-moddasiga köra «Toşkent metropoliteni» şahar yölovçilar transportining bir maromda işlaşini taşkil etiş, yölovçilarga xizmat körsatiş sifatini oşiriş, yölovçilar hayoti va soğliği xavfsizligini, transport vositalari harakati xavfsizligini ta'minlaşga mas'ul ekanini eslatgan.
Savollar, e'tirozlar juda köp. Vaziyatni osongina uzr söraş bilan xaspöşlaş, har safar suvdan quruq çiqib ketaveriş jamoatçilikning haqli e'tirozlarini yuzaga keltirmoqda. Bunday vaziyatda nazorat organlari – Transport prokuraturasi, Transport vazirligi jilovni qölga olişi, aybdorlarga nisbatan jazo muqarrarligini ta'minlaşlari şart.
Ğalati bayonot
16 aprel kuni AOKAda bölib ötgan matbuot anjumanida Toşkent metropoliteni rahbari Oybek Xudoyqulov jurnalistlarning savoliga javoban Sergeli yönalişida yuz bergan «texnik muammo» avvaldan kutilganini aytib ötgan.
«Biz bilgandik şunaqa bölişini, şunga tayyorgarlik körgandik. Faqat bir oydan keyin boşlanadi deb turgandik. Çunki bu havo haroratining kötarilişi bilan boğliq holat edi. Bilardik relslarning uzayişini. Temir yölda ham bor bu narsa. Hammasini hisobga olib qöyganmiz, lekin hali vaqt bor deb öylagandik. Harorat 20 gradus bölgani uçun hali bor deb öylagandik, şunday holat yuz berib qoldi», – deya Oybek Xudoyqulovning sözlarini keltirgan Kun.uz muxbiri.
Ğalati bayonot, şunday emasmi?! Avariya sodir bölişi oldindan ma'lum bölganmiş-u, ammo uşbu hodisa kutilganidan avvalroq röy berib qolganmiş. Mas'ullar bunday bayonotlardan uyalişlari kerak.
Xöp, şunday holat yuz berişini oldindan bilişgan ham deylik. Buning oldini oliş uçun albatta favqulodda holat yoki fojia yuz berişi şartmi? Yaxşiyamki, şunça köngilsizlik röy bersa ham qurbonlar bölgani yöq. Tizimda nimanidir özgartiriş uçun kimdir qurbon bölişini kutiş şart emas-ku!
Yangi rahbar vaziyatni önglay oladimi?
12 iyun kuni «Özbekiston temir yöllari» AJ Toşkent metropoliteni rahbari özgarganini e'lon qildi. Jamoatçilik buni metrodagi ketma-ket köngilsiz hodisalar ortidan çiqarilgan qaror ölaroq qabul qildi.
Yangi rahbar – Rahmonbek Usmonov Toşkent avtomobil yöllari institutini tamomlagan bölsa-da, faoliyati asosan mahalliy davlat hokimiyati organlarida keçgan. Usmonov 2011 yildan 2018 yil apreliga qadar Toşkent şahriga hokimlik qilgan. Ungaça esa Mirzo Uluğbek tumani hokimi örinbosari, Yakkasaroy tumani hokimi, Toşkent şahar hokimi örinbosari bölgan.
Şahar hokimligidan olinganidan söng Özbekiston avtomobil transporti agentligi rahbarining birinçi örinbosari etib tayinlangan Rahmonov Yunusobod tumani hokimi Baxtiyor Abdusamatov katta miqdordagi pora bilan qölga olingani ortidan 2018 yili 3 oktyabrida uning örnini egallagan edi. 2021 yil boşidan esa transport vaziri örinbosari sifatida işlab kelayotgandi.
Xöş, Usmonov Toşkent metropoliteni boşidagi «qora bulut»larni tarqata oladimi? Yangi rahbar sohada töplanib qolgan muammolarni hal qilişga qodirmi? Hozirça bu haqda bir narsa deyiş qiyin. Hammasini vaqt körsatadi.
Muammoning yeçimi bormi?
Toşkent metropolitenining 2021 yilgaça bölgan 43 yillik faoliyati davomida sönggi bir yildagi kabi holatlar kuzatilmaganining sabablari juda köp. Avvalo bu keyingi paytda fuqarolarning faollaşgani, ijtimoiy tarmoqlarning rivoji, metropolitenda suratga va videoga olişga ruxsat berilgani bilan boğliq. 2018 yilning 1 iyunigaça metropolitenda tasvirga oliş taqiqda edi va şu bois ham garçi nosozliklar, avariyalar yuz bergan esa-da, bunday holatlar jamoatçilikka ma'lum bölmay qolavergan. Bu tanganing bir jihati.
Mutaxassislar ketma-ket sodir bölayotgan köngilsizliklar metropoliten faoliyatida işlatilayotgan jihozlar eskirayotgani, ehtiyot qismlar tez işdan çiqayotgani bilan ham boğliqligini aytişyapti. Xarajatlar uçun ajratilayotgan pul yetmayotgani, balki kerakli manziligaça yetib bormayotgani, «Toşkent metropoliteni» UK moliyaviy mustaqil emasligi, özini özi qoplay olmasligi, davlat tomonidan ajratiladigan dotatsiyaga qaramligi uçun kerak paytda lozim ehtiyot qismlarni ololmayotgani ham muammolarga sabab bölayotgani ehtimoldan xoli emas.
Ma'lum bölişiça, 2021 yilning dastlabki 3 oyida yölovçilardan tuşgan mablağ 31,5 mlrd sömni taşkil etgan. Metroda haftaning duşanba–juma kunlarida bir kunda 330 minggaça yölovçi taşiladi. Dam oliş kunlari yölovçilar nisbatan kamayadi: 140–150 mingga tuşadi. Bir oyda yölovçilardan tuşgan mablağ 10,5 mlrd söm böladi va şundan 8,5 mlrd söm tizimda faoliyat yuritayotgan 4200 nafar xodimga oylik sifatida beriladi. 3 mlrd sömdan ortiqroq mablağ elektr energiyasiga sarflanadi.
«Metro özini özi qoplamasligi sir emas. Şuning uçun har yil yakunida keyingi yil xarajatlari uçun sarflanişi közda tutilgan mablağni taxminan hisoblab, Moliya vazirligiga ma'lum qilamiz. Jumladan, 2021 yil xarajatlari uçun bizga davlat tomonidan 45 mlrd söm mablağ ajratilgan. Tan olişimiz kerak, topayotgan pulimiz özimizning xarajatlarimizga yetmaydi. Buning oldini oliş maqsadida yölkira narxlarini kötariş haqida ham taklif kiritganmiz. Lekin davlat rahbari bunga yöl qöymasdan kerakli mablağ davlat tomonidan subsidiya qilib berilişi haqida topşiriq bergan», degan edi «Toşkent metropoliteni» UK sobiq rahbari Oybek Xudoyqulov.
Bizningça, metro xarajatlarini dotatsiya şaklida budjetdan qoplaş – muammoning yeçimi emas. Qolaversa, tizimda haddan ziyod markazlaşgan boşqaruv mavjudligi, xarajatlar şaffof emasligi, kadrlar qönimsizligi bilan boğliq muammolar ham yiğilib qolgan. Bularning barçasini hal qiliş uçun «Toşkent metropoliteni» UK moliyaviy mustaqil bölişi, xarajatlarini özi qoplaşi barobarida daromad ham topa olişi, buning uçun esa sohaga bozor mexanizmlari joriy qilinişi kerak, tuşumlar «tuya» qilinişining oldini oliş uçun esa kirim-çiqim hisobotlari jamoatçilik uçun oçiq va şaffof bölişi lozim.
Bundan taşqari, sohaga metropoliten muammolarini içidan biladigan, sohaning özidan çiqqan mutaxassis rahbarlik qilişi şart, turli sabablarga köra tizimni tark etib ketgan malakali mutaxassislar işga qaytarilişi ham köngilsizliklarga barham beriş vositasi bölişi mumkin.
Albatta, texnogen avariyalar, nosozliklar transport sohasining ajralmas bir qismi. Boşqa davlatlardagi metropoliten faoliyatida ham bunday holatlar uçrab turadi. Şu bois, buni töğri tuşuniş va qabul qiliş mumkin. Biroq köngilsizliklar borgan sari tez-tez sodir bölayotgan ekan, buni jiddiy signal sifatida qabul qiliş kerak. Yöqsa, buning puşaymoni aççiq bölişi şubhasiz.