Jahon | 23:27 / 09.04.2017
9747
2 daqiqa o‘qiladi

Eron yetakchisi AQShning Suriyaga zarbasini "strategik xato" deb atadi

Foto: RIA

Suriyaga berilgan raketa zarbasi AQShning navbatdagi strategik xatosi bo‘ldi. Bu haqda Eron rahbari va diniy rahnamosi oyatulloh Ali Hameneiy Eron qurolli kuchlari vakillari bilan uchrashuvda aytdi.  

"Amerikaliklar qilgan ish ularning navbatdagi strategik xatosidir. Ular bu xatolarni takrorlashni to‘xtatmayaptilar. AQShning sobiq rahbarlari IShIDni yaratdilar, so‘ngra unga yordam berdilar. Hozirgi amerikalik rasmiy shaxslar IShID va unga o‘xshash guruhlarning kuchayishiga ko‘mak bermoqdalar", deb aytdi Eron yetakchisi.

Hameneiyning aytishicha, yaqin orada "bu guruhlar amerikaliklarning o‘zining yoqasidan oladi". "Yevropa ekstremizmning kuchayishiga olib kelgan xatolar uchun haq to‘lamoqda. Odamlar o‘zini na uyida, na ko‘chada xavfsiz his qilmayapti. AQSh bir xil xatolarni qaytarmoqda", deb aytdi Hameneiy.

Oxirgi ikki kun ichida ko‘plab eronlik rasmiy shaxslar, jumladan prezident Hasan Ruhoniy va tashqi ishlar vaziri Javod Zarif 7 aprelga o‘tar kechasi AQShning Suriyaga bergan zarbasini qat'iy qoralab chiqdilar.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid