Jahon | 19:45 / 09.04.2017
9452
1 daqiqa o‘qiladi

IShID Misrdagi teraktlar uchun javobgarlikni zimmasiga oldi

IShID terrorchilik guruhi Misrning Tanta va Aleksandriya shaharlaridagi cherkovlarda yakshanba ibodati vaqtida amalga oshirilgan portlashlar uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga oldi.

WTVD-TV telekanali Misr Sog‘liqni saqlash vazirligiga asoslanib xabar berishicha, Aleksandriyadagi Avliyo Mark cherkovida ro‘y bergan portlash tufayli 11 kishi halok bo‘lgan va 35 kishi jarohatlangan. Tantadagi Mar-Girgis cherkovidagi portlash 30 kishini hayotdan olib ketgan va 40dan ortiq kishi jarohatlangan.

Shu kuni yana bir portlash ro‘y berdi. Tantadagi portlashdan ko‘p vaqt o‘tmasdan shu shahardagi politsiyachilarni tayyorlash markaziga hujum uyushtirildi. Bu hujum oqibatida bir kishi halok bo‘lgan.

Shu tariqa bugungi hujumlar oqibatida halok bo‘lganlar soni 42 nafarni tashkil qildi.

Mavzuga oid