Misrning Iskandariya şahridagi çerkovda sodir etilgan portlaş oqibatida 8 kişi halok böldi va 60 kişi jarohatlandi. Bu haqda Misr Soğliqni saqlaş vazirligiga asoslanib Reuters agentligi xabar tarqatgan.

Ma'lum qilinişiça, xudkuş terrorçi politsiya payqab qolgaç, özini çerkov eşigi oldidayoq portlatib yuborgan va bu qurbonlar soni köp bölişining oldini olgan.

OAVning aytişiça, u koptlarning patriarxi Teodor Ikkinçini öldirişni maqsad qilgandi. Patriarx portlaş röy berişidan oldinroq binoni tark etişga ulgurgan va jarohatlanmagan.

Qayd etiş kerakki, bu Misrda bugun sodir etilgan ikkinçi yirik terakt böldi. Bundan avvalroq Tanta şahridagi Mar-Girgis şahrida xudkuş terrorçi özini portlatgaç, 30 kişi halok bölgan va 40dan ortiq kişi jarohatlangandi.

Hozirça uşbu portlaşlar uçun javobgarlikni heç bir taşkilot öz zimmasiga olmadi.