Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonlik dzyudochi Mirzohid Farmonov Antaliya Gran Prisi g‘olibi bo‘ldi
Xalqaro dzyudo federatsiyasining Antaliya Gran Prisida o‘zbekistonlik dzyudochi Mirzohid Farmonov oltin medalni qo‘lga kiritdi. Hamyurtimiz 73 kg gacha vazn toifasida musobaqa g‘olibi bo‘ldi.
Bu vazn toifasida oltin medal uchun 26 dzyudochi, jumladan yana bir o‘zbekistonlik sportchi G‘iyosjon Boboyev bellashdi. Biroq Boboyev sloveniyalik Rok Draksichga chorak finalda mag‘lub bo‘ldi. Ta'kidlash joizki, G‘iyosjon o‘tgan haftada Tbilisi Gran Prisi g‘olibi bo‘lgandi.
Farmonov musobaqaning yarimfinalida kosovolik Akil Gjakov bilan uchrashib, uchta Vaza-ari bilan g‘olib bo‘ldi. Hamyurtimiz uchun final bahsi og‘ir kechdi, chunki u musobaqa mezboni vakili Hasan Vanlioglu bilan uchrashishiga to‘g‘ri keldi. Mahalliy muxlislarning turk dzyudochisini qizg‘in qo‘llab-quvvatlashlariga qaramay, Mirzohidning bu bahsda qo‘li baland keldi va u Xalqaro dzyudo federatsiyasi Gran Prilarining uchinchi oltin medalini qo‘lga kiritdi.
Farmonov intervyuda ushbu g‘alaba butun O‘zbekistonniki ekanligini aytib o‘tdi.


Mavzuga oid
23:41 / 14.09.2025
Dzyudo bo‘yicha O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi Osiyo chempionatida tengsiz bo‘ldi
19:53 / 27.02.2025
Shavkat Mirziyoyev Xalqaro dzyudo federatsiyasi rahbarini «Do‘stlik» ordeni bilan mukofotladi
11:25 / 26.11.2024
Antaliyada yonib ketgan SSJ bilan avvalroq 15 ta aviahodisa yuz bergan
13:43 / 19.10.2024