Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Eng yaxshi 500 oliy ta'lim muassasasi diplomi imtihonsiz nostrifikatsiyadan o‘tadigan bo‘ldi
Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 3 apreldagi 173-sonli "Xorijiy mamlakatlarda berilgan ta'lim haqidagi hujjatlarni tan olish va nostrifikatsiya qilish tartibiga oid Nizomga tuzatish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida"gi qarori chop etildi.
Ta'kidlash joizki, ta'lim to‘g‘risidagi xorijiy hujjatlar O‘zbekistonda tan olish yoki nostrifikatsiya qilish yo‘li orqali yuridik kuchga ega bo‘ladi.
Maktab hujjatlarini tan olish uchun qayerga borish kerak?
Hujjat to‘liq o‘rta (to‘liq bo‘lmagan, o‘rta) ta'lim (10-12 sinflar) to‘g‘risidagi hujjatlarni tan olish tartibiga aniqlik kiritdi. Umumiy o‘rta ta'lim to‘g‘risidagi hujjatlardan farqli o‘laroq, ular Xalq ta'limi vazirligi tizimining maxsus komissiyasi emas, Oliy ta'lim vazirligiga bo‘ysunuvchi Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrining o‘rta-maxsus, professional ta'lim hududiy boshqarmalarida tuzilgan komissiyalar tomonidan tan olinadi.
Shuningdek, mazkur hujjatlar O‘zbekistonda qanday darajaga muvofiq ekani belgilab berildi:

Tan olish va nostrifikatsiya uchun qanday yangi hujjatlar topshirish kerak?
Tan olish yoki nostrifikatsiya haqidagi arizaning yangi shakli tasdiqlandi. Bundan tashqari, unga biriktirilgan hujjatlar ro‘yxatiga quyidagilar qo‘shildi:
- arizachining shaxsini tasdiqlovchi hujjat nusxasi;
- tan olish va nostrifikatsiya uchun to‘lov kiritilganini tasdiqlovchi hujjat.
Qanday holatlarda hujjat tan olinmasligi mumkin?
Ta'lim to‘g‘risidagi hujjatning tan olinish talablariga xorijiy ta'lim muassasasidagi ta'lim shaklining O‘zbekistondagi tizim shakliga muvofiqligi ham qo‘shildi. Masalan, O‘zbekistonda muayyan mutaxassisliklar bo‘yicha sirtqi ta'lim shakli taqiqlangan bir paytda sirtqi ta'lim to‘g‘risidagi xorijiy diplomlar tan olinmaydi.
Qanday hollarda nostrifikatsiyada imtihon topshirilmaydi?
Chet ellarda ta'lim olgan bitiruvchilar hujjatlari nostrifikatsiyasi quyidagi holatlarda to‘g‘ridan-to‘g‘ri (maxsus sinovlarsiz) amalga oshiriladi:
- O‘zbekiston Respublikasining xalqaro bitimlari, Prezident hujjatlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlari, buyruqlari va protokol qarorlariga asosan ta'lim olganlar;
- Prezident hujjatlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi hududida faoliyat ko‘rsatayotgan ta'lim muassasalarida tahsil olganlar;
- tasarrufida oliy ta'lim muassasasi bo‘lgan vazirlik va idoralar yo‘nalishlari bo‘yicha mutaxassislarni tayyorlash maqsadida xorijiy mamlakatlar tomonidan ajratilgan kvotalar evaziga ta'lim olganlar;
- xalqaro tan olingan tashkilotlar reytingida ilk 500 pozitsiyani egallagan ta'lim muassasalarida ta'lim olganlar.
Hujjatning batafsil matni bilan O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida tanishishingiz mumkin.
Mavzuga oid
19:17 / 21.11.2025
Markaziy Osiyo davlatlari diplomlarni o‘zaro tan olish to‘g‘risidagi bitimni imzolagani rad qilindi
16:36 / 24.01.2025
Diplomi O‘zbekistonda tan olinadigan dunyo oliygohlari ro‘yxati e’lon qilindi
11:38 / 09.10.2023
Nostrifikatsiya bo‘yicha test sinovlari qachon o‘tkazilishi e’lon qilindi
15:58 / 28.07.2021