Ta'lim sifatini nazorat qiliş davlat inspeksiyasi xorijiy davlatlarda ta'lim olganlik töğrisidagi hujjatlarni tan olişda talabgorlardan olinadigan test sinovlarini internet tarmoğida onlayn efirga uzatiş böyiça imtihon.tdi.uz saytini işga tuşirdi.

Endilikda uşbu imtihonga qiziqiş bildirganlar sayt va inspeksiyaning YouTube’dagi rasmiy sahifasi orqali sinov testlarini onlayn vaqt rejimida kuzatib borişlari mumkin.

Xorijiy davlatlarda ta'lim olganlik töğrisidagi hujjatlarni tan oliş böyiça sinovlar talabgorlar sonidan kelib çiqqan holda har oyda avvaldan e'lon qilinadigan kunlari ötkaziladi.

27-30 iyul kunlari talabgorlar “Huquqşunoslik”, “Soğliqni saqlaş va ijtimoiy ta'minot”, “Iqtisodiyot”, “Qişloq xöjaligi, muhandislik, işlov beriş va quriliş” hamda “Öqituvçilar tayyorlaş va pedagogik fanlar” sohalari böyiça öz bilimlarini sinovdan ötkazadi.

Talabgorlarning hujjatlari davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali qabul qilinadi hamda sinovlar ötkaziladigan muddat haqida talabgorlarga xabarnoma yuboriladi.

Test sinovlari jarayonida talabgorlarga kompyuterda 50 ta test topşiriği beriladi va 1 soat 40 daqiqa vaqt ajratiladi. Şuningdek, talabgorlar testni yakunlaşlari bilan özlari qayd etgan natijalarni bilib olişlari mumkin.

Ijobiy natija qayd etganlar esa xorijiy davlatda ta'lim olganlik töğrisidagi hujjatni tan oliş haqidagi guvohnomalarni tegişliligi böyiça Davlat xizmatlari markazlaridan yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali yuklab olişlari mumkin.