Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
IIV tuzilmasi qaytadan tashkil etiladi
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev «Ichki ishlar organlarining faoliyati samaradorligini tubdan oshirish, jamoat tartibini, fuqarolar huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilishni ta'minlashda ularning mas'uliyatini kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmonni imzoladi.
Farmonda Ichki ishlar vazirligi tizimida qator tashkiliy o‘zgartishlar nazarda tutilgan.
IIV tizimida quyidagilar tashkil etiladi:
1. Jinoyat qidiruv bosh boshqarmasi hamda Terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish bosh boshqarmasi – Jinoyat qidiruv va terrorizmga qarshi kurashish bosh boshqarmasi negizida;
2. Ekspert-kriminalistika bosh markazi – Ekspert-kriminalistika markazi va Ekspert-portlatish texnikasi markazi negizida;
3. Moliya va moddiy-texnika ta'minoti bosh boshqarmasi – Moliya-iqtisodiyot boshqarmasi, Moddiy-texnika ta'minoti boshqarmasi, Xo‘jalik boshqarmasi, Kapital qurilish boshqarmasi negizida;
4. Xalqaro hamkorlik boshqarmasi – Tashkiliy-inspektorlik boshqarmasining Xalqaro hamkorlik bo‘limi hamda Inson huquqlarini himoya qilish va yuridik ta'minlash boshqarmasining Inson huquqlarini himoya qilish va ushbu sohada xalqaro tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlik bo‘limi negizida.
Quyidagi bo‘limlar qayta tashkil etiladi:
Tergov bosh boshqarmasi — O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamentiga;
Shaxsiy tarkib bilan ishlash xizmati — Kadrlar bosh boshqarmasiga;
Tashkiliy-inspektorlik boshqarmasi — Tashkiliy-inspektorlik va axborot-tahlil bosh boshqarmasiga;
Xorijga chiqish, kirish va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasi — Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bosh boshqarmasiga;
Shaxsiy tarkib bo‘yicha maxsus inspeksiya — O‘z xavfsizligi boshqarmasiga;
Kotibiyat — Jismoniy, yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash va ish yuritish boshqarmasiga;
Aloqa bo‘limi — Axborot texnologiyalari, aloqa va axborotni himoyalash boshqarmasiga;
Transportdagi ichki ishlar boshqarmasi — O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Transportda jamoat xavfsizligini ta'minlash boshqarmasiga, tarmoq ichki ishlar boshqarmalari (bo‘limlari, bo‘linmalari) transportda jamoat xavfsizligini ta'minlash bo‘limlariga.
Shuningdek, Toshkent oliy harbiy-texnika bilim yurti Harbiy-texnika institutiga, Yong‘in xavfsizligi oliy texnik maktabi Yong‘in xavfsizligi institutiga, Serjantlar tarkibini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazlari ichki ishlar organlari xodimlarini boshlang‘ich tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazlariga o‘zgartiriladi.
Bundan tashqari, tuman (shahar) ichki ishlar boshqarmalari (bo‘limlari) boshlig‘ining yoshlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari – huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘limi (bo‘linmasi) boshlig‘i lavozimi joriy etilsin va u profilaktika inspektorlari ishini, avvalambor, voyaga yetmaganlar hamda yoshlar o‘rtasida huquqbuzarliklarning oldini olish bo‘yicha ishini samarali tashkil etish va muvofiqlashtirish uchun javobgar bo‘ladi.
Mavzuga oid
16:32 / 04.02.2025
Qishloq xo‘jaligida yer islohotlarini amalga oshirish loyiha ofisi tashkil etiladi
08:15 / 21.02.2024
Yaponiya O‘zbekistonga iqtisodiy islohotlarni davom ettirish uchun 246 mln dollar ajratadi
16:27 / 09.11.2023
Strategik islohotlar agentligining qo‘shimcha vazifalari belgilandi
15:59 / 25.09.2023