“Özbekiston prezidenti huzuridagi Strategik islohotlar agentligi faoliyatini yanada takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi prezident farmoni qabul qilindi. 

Strategik islohotlar agentligining qöşimça vazifalari belgilandi. Şunga köra, agentlik:

aholini taşvişga solayotgan masalalar va muammolarga yeçim topiş hamda ijtimoiy soha, iqtisodiyot va boşqa ahamiyatga ega bölgan yönalişlarni transformatsiya qiliş böyiça istiqbolli taşabbuslarni işlab çiqadi;

ijtimoiy soha, iqtisodiyot va boşqa ahamiyatga ega yönalişlarda xorij mamlakatlarida amalga oşirilayotgan islohotlar va ilgari surilayotgan taşabbuslarni (şu jumladan, xorijiy davlatlar rahbarlarining çiqişlari va nutqlarini) örganişni taşkil qilib, ularni Özbekiston şaroitida implementatsiya qiliş böyiça takliflar işlab çiqadi;

xalqaro taşkilotlar va moliya institutlari, konsalting kompaniyalari, yetakçi xorijiy ilmiy-tadqiqot va ekspert muassasalari hamda mutaxassislarning tavsiyalarini tahlil qiliş va umumlaştiriş, maqbul taşabbuslarni implementatsiya qiliş böyiça takliflar tayyorlaydi;

istiqbolli taşabbuslarni işlab çiqiş yuzasidan respublikaning ilmiy taşkilotlari bilan hamkorlik qiladi.

Respublika ijro etuvçi hokimiyat organlari har oyda jalb qilingan xorijiy ekspertlar, konsultantlar va maslahatçilar tomonidan bajarilgan işlar töğrisida batafsil ma’lumotni Strategik islohotlar agentligiga taqdim qilib boradi.