19 fevral kuni Yaponiyaning Özbekistondagi elçisi Xatori Takaşi va Özbekiston iqtisodiyot va moliya vazirining birinçi örinbosari Ilhom Norqulov «Barqaror iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanişni qöllab-quvvatlaş dasturi» doirasida 37 mlrd iyena (taxminan 246,2 mln dollar) miqdorida kredit ajratiş böyiça almaşuv notalarini imzoladi, deya xabar berdi Gazeta.uz.

Bundan taşqari, Ilhom Norqulov va JICA`ning Özbekistondagi vakolatxonasi rahbari Bito Yoşibumi uşbu loyiha böyiça kredit kelişuvini imzoladi. Kredit 10 yillik imtiyozli davr bilan 30 yil muddatga beriladi. Foiz stavkasi yiliga 1,8 foizni taşkil etadi.

Loyihaning maqsadi Özbekistonni bozor iqtisodiyotiga ötişi böyiça iqtisodiy islohotlarning uzluksiz amalga oşirilişini qöllab-quvvatlaş, şuningdek, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini qöllab-quvvatlaş orqali ijtimoiy integratsiya va barqarorlikni mustahkamlaşga hissa qöşişdan iborat.

2022 yil dekabr oyida Tokioda bölib ötgan «Markaziy Osiyo + Yaponiya» muloqoti doirasidagi taşqi işlar vazirlarining 9-uçraşuvida erkin va oçiq Markaziy Osiyoda barqaror rivojlanişga erişiş maqsadida Yaponiya hamkorlik «insonlarga sarmoya kiritiş» va «ösiş sifati»ga ustuvor ahamiyat qaratadigan yangi modelga muvofiq yölga qöyilişini va rivojlantirişini e’lon qilgandi. Uşbu loyiha «Ösiş sifati» tuşunçasini özida qamrab oladi.