«Qişloq xöjaligi ekin maydonlari unumdorligini oşiriş, tarmoqqa investitsiyalar jalb qiliş uçun qulay şart-şaroit yaratiş böyiça navbatdagi çora-tadbirlar töğrisida»gi prezident farmoni qabul qilindi.
Farmonga köra, yer uçastkalarini ajratiş işlari 2025 yil 1 martgaça töliq yakunlanadi.
Yangi tizim birinçi bosqiçda 2025 yil bahorgi ekiş mavsumigaça belgilangan hududlarda tuman hokimliklari tasarrufida turgan, 2025 yil va undan keyingi yillar hosili uçun paxta va ğalla ekinlarini yetiştiriş nazarda tutilmagan böş turgan yer uçastkalarida joriy etiladi.
Yangi tizim samaradorligini muntazam ravişda tahlil qilgan holda, zaruratga köra, uni 2025 yilgi kuzgi ekiş mavsumi va undan keyingi davrlarda boşqa hududlarga ham tatbiq etiş böyiça taklif kiritib boriladi.
Quyidagilar taşkil etiladi:
- Qişloq xöjaligida yer islohotlarini amalga oşiriş loyiha ofisi;
- belgilangan hokimliklar huzurida «Ijaraga berilgan qişloq xöjaligi yerlariga xizmat körsatiş direksiyasi» davlat korxonalari.
Organik mahsulotlar yetiştiriş uçun Global G.A.P, GMP, FSCC, HACCP, Halal, Organic va boşqa xalqaro darajada tan olinadigan sertifikatlarni olgan dehqon, fermer xöjaliklari va qişloq xöjaligi korxonalariga ijaraga berilgan yer uçastkalari uçun 2028 yil 1 yanvargaça yer soliği 50 foiz miqdorida tölanadi.











