OAV: Xitoy AQSh bilan savdo urushiga kirishishni istamayapti

Xitoy hukumati AQShga moliyaviy sohadagi bozorga erkin kirish va mol go‘shtini eksport qilish imkonini berishi mumkin. Bu mamlakatlarga savdo urushiga kirishmaslikda yordam beradi, deya yozadi Financial Times nashri tomonlar muzokarasida ishtirok etgan rasmiy shaxslarga asosan.
AQSh prezidenti Donald Tramp Xitoy xalq respublikasi raisi Sin Tszinpin bilan o‘tgan haftada uchrashdi. Uning davomida savdo bo‘yicha muzokaralarni tezlashtirish kerakligi haqida kelishib olindi. Ta'kidlanishicha, Xitoy AQShga ikki masala bo‘yicha bir qadar yo‘l berishi mumkin. Ular moliya va mol go‘shtiga aloqador.
"Xitoy ikki tomonlama sarmoyalar haqidagi shartnomaga rozi edi, biroq muzokaralar Trampning saylovlardagi g‘alabasidan keyin chetga surib qo‘yildi. Agarda Obama yana olti oy prezident bo‘lib turganida, biz maqsadga erishgan bo‘lardik", - deya ma'lum qildi Xitoy hukumatining o‘z nomini oshkor etishga istamagan vakili.
Rasmiy shaxslarning xabar berishicha, Xitoy 2003 yildan beri amalda bo‘lgan mol go‘shti importiga qo‘yilgan taqiqlovni bekor qilishi, shuningdek, savdo nisbati bilan bog‘liq keskinlik tufayli ko‘proq g‘alla va boshqa qishloq xo‘jalik mahsulotlarini sotib olishi mumkin.
Ma'lumot uchun, Xitoy va AQSh 2008 yildan beri ikki tomonlama sarmoyalar haqidagi bitimga erishish bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda. Bu bitim o‘zaro sarmoyaviy faoliyat qoidalarini o‘rnatishga yordam beradi. Shuningdek, u Amerika kompaniyalariga Xitoy bozoriga yanada erkinroq kirish imkonini ham taqdim etadi.
Tavsiya etamiz
Hindiston va Pokiston: kimning armiyasi kuchliroq?
Jahon | 19:21 / 09.05.2025
Mafkuralar kurashi: 9 may aslida qanday kun?
O‘zbekiston | 14:22 / 09.05.2025
Qatiq, murabbo va yadro quroli. Putin yangi filmda nimalar dedi?
Jahon | 21:59 / 06.05.2025
Avtomobil importiga ekosertifikat – utilizatsiyaga qo‘shimcha “bonus”mi?
O‘zbekiston | 20:34 / 06.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Andijondagi toshqin, oliy ta’limdagi o‘zgarishlar va do‘xtirlarga $1500 oylik - hafta dayjesti
O‘zbekiston | 21:33
-
Shvetsiya elektromobillarni quvvatlantiradigan yo‘llarni quradi
Jahon | 21:20
-
Kellog 30 kunlik otashkesimdan keyin Ukraina mojarosiga barham berilishini aytdi
Jahon | 20:58
-
“Kino va teatr ahmoqlarni tarbiyalaydigan joy emas, aqlli insonlar dam oladigan joy” – Sanjar Shodiyev
O‘zbekiston | 20:30
Mavzuga oid

20:58
Kellog 30 kunlik otashkesimdan keyin Ukraina mojarosiga barham berilishini aytdi

17:43
Hindiston va Pokiston AQSh vositachiligida o‘t ochishni to‘xtatishga kelishdi

16:18
AQSh to‘rt nafar o‘zbekistonlikni deportatsiya qilish uchun hibsga oldi

16:04