16:26 / 10.04.2017
9697

Yurist xodimning malakasiga talab kuchaytirildi

Bugungi shiddat bilan rivojlanib borayotgan davrda zamon o‘zgarishiga qarab qonunchilik ham takomillashib bormoqda. Yil davomida yuzlab qonun hujjatlari qabul qilinmoqda. Ularni doimiy o‘rganib borish, mazmun-mohiyatini o‘zlashtirish yuridik xizmat xodimidan doimiy ravishda o‘z ustida ishlashni va malakasini oshirib borishni talab etadi, deb xabar beradi Adliya vazirligi axborot xizmati.

Shundan kelib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 19 yanvar kungi PQ-2733-son “Yuridik xizmat faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori bilan Davlat organlari va tashkilotlarining yuridik xizmatlari xodimlari tegishli ravishda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida va uning hududiy organlarida qonunchilikda belgilangan tartibda har uch yilda kamida bir marta malakasini oshirishi hamda har uch yilda bir marta attestatsiyadan o‘tishlari qat'iy belgilandi.

Top