Jamiyat | 19:45 / 11.04.2017
8129
1 daqiqa o‘qiladi

Bahosi 7 yarim million so‘mdan ortiq tilla taqinchoqlarni o‘margan shaxs qo‘lga olindi

Illyustrativ foto

2017 yil 6 aprel kuni Peshku tuman IIBga O‘g‘lon MFY, Xayroxayre qishlog‘ida yashovchi, 1980 yilda tug‘ilgan fuqaro N.I. ariza orqali murojaat qildi, deb xabar bermoqda Buxoro IIB.

U 6 aprel kuniga o‘tar kechasi noma'lum shaxs yashash uyiga deraza orqali g‘ayriqonuniy ravishda kirib, yotoqxonasidan jami bahosi 7.620.000 so‘mlik 4 xil turdagi ayollar tilla taqinchoqlarini o‘g‘irlab ketganligini bildirgan.

Olib borilgan tezkor-surishtiruv ishlari davomida ushbu jinoyatni, shu manzilda yashovchi, 1993 yilda tug‘ilgan muqaddam sudlangan, “Axtambobo” fermer xo‘jaligi ishchisi Adizov Rahmiddin Ahadovich sodir qilganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan R.Adizovga  nisbatan JKning tegishli moddasiga asosan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. 

Mavzuga oid