Foto: Tergov departamenti

2020 yilning 1 iyul kuni soat 07:00da haydovçi, 21 yoşli H.S. boşqaruvida bölgan Cobalt rusumli avtomaşinani Buxoro viloyati Peşku tumani hududidan ötuvçi A-380 yölining Xorazm-Buxoro yönalişi böylab boşqarib borayotgan bölgan.

Özbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga köra, u uşbu yölning 395-kilometrida, özi bilan bir yönalişda, oldinda harakatlanib borayotgan 52 yoşli Yu.Ş.ning boşqaruvida bölgan Mercedes-Benz 1841 LS rusumli yuk avtomaşinasining orqa qismiga urilib, yöl-transport hodisasini sodir etgan.

Natijada, Cobalt avtomaşina haydovçisi H.S. va yölovçi sifatida ketayotgan 22 yoşli S.Y. hamda 50 yoşli P.N. hodisa joyda vafot etganlar.

Mazkur holat yuzasidan Peşku tuman IIB huzuridagi Tergov bölimi tomonidan Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat işi qözğatilgan. Hozirda jinoyat işi böyiça Buxoro viloyati IIB huzuridagi Tergov boşqarmasi tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.  

“Hurmatli haydovçilar, transport vositasini huşyor va sergak holatda boşqarişingizni, amaldagi “Yöl harakati qoidalariga” qat'iy rioya qilişingizni söraymiz”, - deyiladi ma'lumotda.