Vazirlar Mahkamasining tegişli qarorlari qabul qilindi. Bu haqda Norma xabar bermoqda.
Qarorlarda quyidagilar belgilangan:
- 2021-2023 yillarda Buxoro viloyatining Peşku tumanini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantiriş va kambağallikni qisqartiriş çora-tadbirlari (16.02.2021 yildagi 72-son VMQ);
- 2021-2022 yillarda Qaşqadaryo viloyatining Qarşi şahrini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantiriş çora-tadbirlari (16.02.2021 yildagi 73-son VMQ);
- 2021-2023 yillarda Ğuzor va Yakkaboğ tumanlari markazlarini obodonlaştiriş va kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantiriş çora-tadbirlari (16.02.2021 yildagi 74-son VMQ).
Hujjat bilan mazkur hududlarni tegişli kompleks rivojlantiriş dasturlari, loyihani moliyalaştiriş manbalari, investitsiya loyihalarining manzilli röyxatlari, aholi turmuş tarzini yaxşilaş hamda muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini rivojlantiriş çora-tadbirlari, ijtimoiy soha obektlarini quriş, rekonstruksiya qiliş va ta'mirlaş çora-tadbirlari, turizmni rivojlantiriş böyiça «yöl xaritasi» tasdiqlandi.
Quyidagilar dasturni amalga oşirişning ustuvor yönalişlari etib belgilandi:
- sanoat va xizmat körsatiş sohasini jadal rivojlantiriş;
- aholi bandligini ta'minlaş hamda işsizlik darajasini pasaytiriş maqsadida tadbirkorlarni faol jalb etiş orqali qişloq xöjaligi mahsulotlarini qayta işlaş;
- muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini rivojlantiriş;
- hududlar, yöllar va köçalarni obodonlaştiriş.

















