Buxoro viloyatida Damas rusumli tez tibbiy yordam avtomaşinasi iştirokida sodir etilgan yöl-transport hodisasi oqibatida ikki kişi halok böldi. Bu haqda IIV YHXBB axborot xizmati xabar berdi.

Foto: IIV YHXBB axborot xizmati

Ma'lum qilinişiça, 7 iyul kuni soat 05:25 larda Buxoro viloyati hududidan ötgan A-380 Ğuzor–Buxoro–Nukus–Beyneu avtomobil yölining 345-kilometrida tez tibbiy yordam haydovçisi (1988 yilda tuğilgan Y.P.) Damas rusumli transport vositasini boşqarib ketayotib ehtiyotsizligi oqibatida yöl çetida töxtab turgan Isuzu rusumli yuk avtomaşinasining orqa qismiga borib urilgan.

«YTH natijasida Damas rusumli transport vositasi haydovçisi va 28 yoşli A.X. ismli yölovçi oğir tan jarohatlari olib, voqea joyida vafot etgan», deyiladi xabarda.

Foto: IIV YHXBB axborot xizmati

Mazkur YTH yuzasidan Peşku tumani IIB huzuridagi Tergov boşqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi «a» bandi (Odamlar ölimiga sabab bölgan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalaniş xavfsizligi qoidalarini buziş) bilan jinoyat işi qözğatilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.