1800 km'ni 1 soatu 48 daqiqada bosib o‘ta oluvchi yangi transport tizimining birinchi yo‘nalishlari
Vakuum quvurda yo‘lovchilarni tashish tizimini yaratish bilan shug‘ullanuvchi Hyperloop One kompaniyasi ilk marta AQShdagi 11 yo‘nalishi haqida e'lon qildi. Hisob-kitoblarda muhandislar joy relefi va trassa qurilishi xususiyatlarini inobatga olishdi.
Boston — Providens
Kompaniya hisob-kitobiga ko‘ra, kapsula ikki shahar o‘rtasidagi 103 kilometr masofani 10,7 daqiqada bosib o‘ta oladi. Marshrut davomida ikki bekat bo‘lishi ko‘zda tutilgan.
Google Maps ma'lumotlariga ko‘ra, ikki shahar o‘rtasidagi masofani avtomobilda bosib o‘tish uchun 54 daqiqa ketadi, poyezdda - 33 daqiqa, samolyotda esa - 30 daqiqa.
Shayyenn — Denver — Dallas — Xyuston
1800 kilometr uzunlikdagi marshrut AQShning biryo‘la bir necha yirik shahridan o‘tadi. Kapsula butun masofani 1 soat va 48 daqiqada bosib o‘ta oladi. Xuddi shunday sayohat samolyotda - 4 soatu 20 daqiqa, avtomobilda esa - 17 soatni band qiladi.
Chikago — Pittsburg
Hyperloop One 785 kilometrli masofani 47 daqiqada bosib o‘tishni rejalashtirmoqda. Bugungi kunda Chikago va Pittsburg o‘rtasidagi yo‘lni avtomobilda bosib o‘tish - 7 soatdan ortiq, samolyotda esa - 1 soat va 30 daqiqa vaqtni oladi.
Denver aeroporti — Kolorado-Springs
Kapsula 135 kilometrni atigi 8,5 daqiqada bosib o‘ta oladi. Hyperloop muhandislarining ta'kidlashicha, bu marshrutda eng uzun tunnel quriladi, unda oraliq stansiyalar bo‘lmaydi. Bundan tashqari, yo‘nalish tog‘li hududdan o‘tadi.
Boshqa yo‘nalishlar
- Kanzas-Siti — Sent-Luis. Hyperloop ikki shahar o‘rtasidagi masofani 12,9 daqiqada bosib o‘tadi.
- Los-Anjyeles — San-Diyego. Kapsula 200 kilometrli yo‘nalishni 12,5 daqiqada bosib o‘ta oladi.
- Maymi — Orlando. 413 kilometr - 26,1 daqiqada.
- Portlend — Sietl. 280 kilometr - 17,2 daqiqada.
- Reno — Las-Vegas. 730 kilometr - 42,3 daqiqada.
- San-Antonio — Dallas — Laredo. 1000 kilometr.
Mavzuga oid
17:45 / 02.11.2024
Prokurorlikdan vitse-prezidentlikka qadar. Kamala Harris kim?
15:30 / 02.11.2024
AQSh 2023 yil 7 oktyabrdan beri Isroilga 17,9 mlrd dollarlik harbiy yordam berdi
10:48 / 02.11.2024
AQSh iqtisodiyoti har qachongidan ham kattaroq va yaxshiroq. Siyosiy qarorlar buni barbod qilishi mumkinmi?
10:30 / 02.11.2024