Jahon | 11:01 / 11.04.2017
9562
2 daqiqa o‘qiladi

Nazarboyev: IShIDga a'zo qozog‘istonliklar fuqarolikdan mahrum qilinadi

Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyevning bayonot berishicha, IShID safiga qo‘shilgan qozog‘istonliklar mamlakat fuqaroligidan mahrum qilinadi. U «Mir24» telekanaliga bergan intervyusida shu haqda ma'lum qildi

«Qozog‘iston qonunchiligiga ko‘ra, agar mamlakatimiz fuqarosi qandaydir ekstremistik tashkilot safiga kirgan bo‘lsa, u vataniga qaytib kira olmaydi. U o‘z-o‘zidan fuqaroligini yo‘qotadi. Bu majburiy choradir», — degan Nazarboyev.

Uning so‘zlariga ko‘ra, ayni vaqtda IShID tarkibida 500–600 nafar qozog‘istonlik bor, sobiq Ittifoqdan 5 mingga yaqin fuqaro terrorchi guruh tarkibida. 

«Biz IShID safida bo‘lib qaytganlar bilan profilaktika ishlarini olib borishga urindik. Ammo, bu natija bermadi. Shu boisdan ham, ularga vatanlariga qaytish imkoniyatini yopishga qaror qilindi», — deb qo‘shimcha qilgan Qozog‘iston rahbari. 

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid