Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Nazarboyev Ostona nima uchun Suriya bo‘yicha muzokaralar o‘tkaziladigan joy sifatida tanlanganiga izoh berdi
Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev Ostona Suriya ixtilofining barcha tomonlaridan teng uzoqlashgani sababli Suriya bo‘yicha muzokaralarni o‘tkazish maydonchasi sifatida tanlanganini aytdi. Nazarboyev bu haqda "MIR 24" telekanaliga bergan intervyusida aytib o‘tdi.
"Biz qarama-qarshi bo‘lgan tomonlar – Suriya muxolifati va hukumatiga hamda muzokaralarda ishtirok etayotgan – Rossiya, Eron va Turkiyaga uchrashish imkoniyatini taqdim qildik. Ularning iltimosiga ko‘ra bunday uchrashuvlarning bir necha seriyasi o‘tkazilmoqda", deb tushuntirish berdi Nazarboyev.
Uning aytishicha, Ostonadagi maydonchada Jyenevada, ayniqsa Suriya muxolifati tomondan, ishtirok etmaganlar ishtirok etmoqda.
"Biz Qozog‘iston ixtilofning barcha tomonlaridan teng uzoqlashgan yoki barchaga birdek munosabatda deb hisoblab, bunday muzokaralarni taklif qilib, uni o‘tkazishga sharoitlar yaratdik. IShID ustidan g‘alabadan manfaatdor bo‘lgan bu barcha davlatlarning birgalikdagi ishisiz va terrorchilikka qarshi kurashisiz bu muammoni hal qilib bo‘lmaydi", deb aytdi Nazarboyev.
Mavzuga oid
08:25 / 22.06.2026
Saida Mirziyoyeva «Ostona» xalqaro moliya markazi faoliyati bilan tanishdi
22:10 / 21.06.2026
Eron Tramp tahdidlaridan so‘ng muzokaralarni davom ettirishdan bosh tortdi
08:55 / 20.06.2026
OAV: Uitkoff Eron bilan muzokaralar uchun Shveytsariyaga yo‘l oldi
18:05 / 12.06.2026