Jahon | 07:51 / 11.04.2017
9882
1 daqiqa o‘qiladi

Oq uy: AQSh Asad hokimiyat tepasida qolsa ham, IShIDni yenga oladi

Foto: AFP

AQSh agar Suriya prezidenti Bashar Asad hokimiyat tepasida qolsa ham, IShIDni yenga oladi, deb ma'lum qildi Oq uy rasmiy vakili Shon Spayser.

"Ha, albatta", deb tegishli savolga javob berdi Spayser. 

Spayser "AQShga birinchi raqamli tahdid mintaqadagi IShID hisoblanishini" ta'kidlab o‘tdi. 

Avvalroq AQShning BMTdagi doimiy vakili Nikki Xeyli hokimiyat tepasida Bashar Asad qolar ekan, Suriyadagi vaziyatni siyosiy hal qilishning iloji yo‘qligini aytgandi.  

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid