Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda beshinchi marotaba Xalqaro turizm ko‘rgazmasi o‘tkaziladi
Turizm sohasini rivojlantirish uchun O‘zbekiston hukumati tomonidan katta e'tibor qaratilmoqda. Mamlakatga tashrif buyuruvchi sayyohlarga yuqori darajada xizmat ko‘rsatish uchun O‘zbekistonda Radisson BLU, Wyndham, Ramada, Lotte va boshqa taniqli brendlar ostida 430 mehmonxona faoliyat olib boradi. Shuningdek, ayni damda 533 sayyohlik kompaniyasi xizmat qiladi.
O‘zbekistonning boy madaniy va tarixiy merosini butun dunyoga targ‘ib qilish va mamlakatga ko‘plab sayyohlarni jalb etish maqsadida 13-14 aprel kunlari an'anaviy "Hordiq dunyosi" xalqaro turizm ko‘rgazmasi o‘tkaziladi.
Ko‘rgazmaning asosiy maqsadi - tashqi va ichki sayyohlik bozorini rivojlantirish va sayohat ishqibozlari uchun yangi yo‘nalishlarni ochishdir.
Ko‘rgazma tashkilotchilari: O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi hamda "Milliy turizm mahsulotlarini targ‘ibot qilish markazi" DUK.
Ko‘rgazma O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi va Toshkent shahar hokimiyati ko‘magi ostida tashkil etilmoqda.
Ko‘rgazmaning mavzuli bo‘linmalari:
- ichki va tashqi turizm;
- faol va sarguzashtli turizm;
- ta'lim va sog‘liqni saqlash turizmi;
- sayyohlik ma'muriyatlari va milliy idoralar;
- sayyohlik agentligi va turoperatorlar;
- mehmonxonalar, dam olish majmualari;
- aviakompaniyalar;
- transport va sug‘urta kompaniyalari;
- onlayn bron qilish tizimi;
- OAV, savdo jurnallari/ma'lumotnomalar.
Batafsil: http://www.tourfair.uz
Mavzuga oid
12:11 / 06.07.2026
O‘zbekistonda birinchi Xalqaro islom forumi boshlanmoqda
18:20 / 04.07.2026
Toshkentning har bir tumanida 15-20 tadan jamoat hojatxonalari quriladi
17:57 / 04.07.2026
Toshkentda yangi tipdagi maktablar quriladi: sportzal va oshxona yerto‘lada bo‘ladi
17:37 / 04.07.2026