Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda to‘rt viloyat hokimi turizm bilan shug‘ullanuvchi yangi o‘rinbosarga ega bo‘ladi
O‘zbekiston hukumati viloyat ma'muriyatlari shtatiga yangi – hokimlarning turizm masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimini joriy qilish bo‘yicha tajribaviy dasturni amalga oshirish niyatida. Bu haqda Sputnik hukumatdagi manbaga asosan xabar berdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, hokimlarning yangi o‘rinbosarlari bu yo‘nalishda bir o‘zlari ishlamaydi, ularning har biriga maxsus kotibiyat tashkil etish rejalashtirilgan hamda u viloyat turistik brendini xorijda ommalashtirish va kerakli infratuzilmani rivojlantirish bo‘yicha masalalar bilan shug‘ullanadi.
"Bu tajribaviy loyiha uchun to‘rt mintaqa tanlab olindi – Xorazm, Buxoro, Samarqand va Toshkent viloyatlari. Ular tasodifan tanlanmadi, tarixiy yodgorliklarning aksariyati shu yerda joylashgan, kerakli infratuzilma qisman yaratilgan, ularni jadallik bilan rivojlantirish lozim. Kelajakda olingan tajriba butun respublikada qo‘llaniladi", - deya ta'kidlab o‘tgan suhbatdosh.
Yangi lavozimlarni joriy qilish maxsus hujjat bilan rasmiylashtiriladi, u ayni damda Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanish jarayonida turibdi.
Mavzuga oid
10:25 / 14.07.2026
O‘zbekistonliklar uchun vizasiz davlatlar soni ko‘payishi mumkin
18:20 / 04.07.2026
Toshkentning har bir tumanida 15-20 tadan jamoat hojatxonalari quriladi
09:00 / 28.06.2026
Korrupsiyaga qarshi yangi qonun va tanqidlar ostidagi hokimlar - hafta dayjesti
17:59 / 24.06.2026