Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonliklar uchun vizasiz davlatlar soni ko‘payishi mumkin
O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi mamlakat fuqarolari uchun vizasiz safar qilish imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan «Dolzarb viza» oyligini boshladi. Tashabbus doirasida xorijiy davlatlar bilan vizasiz rejim, elektron vizalar va soddalashtirilgan viza tartiblari bo‘yicha muzokaralar faollashtiriladi.
Tashqi ishlar vazirligi ma’lum qilishicha, mazkur oylik O‘zbekiston prezidentining «O‘zbekiston–2030» strategiyasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida tashkil etilgan.
Uning doirasida O‘zbekistonning xorijdagi diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari mamlakat fuqarolari uchun vizasiz safar qilish imkoniyatlarini kengaytirish, viza rasmiylashtirish tartib-taomillarini soddalashtirish hamda zamonaviy va qulay viza mexanizmlarini joriy etish bo‘yicha xorijiy hamkorlar bilan muzokaralarni yanada faol olib boradi.
Vazirlik ma’lumotiga ko‘ra, asosiy e’tibor O‘zbekiston fuqarolari uchun vizasiz rejim joriy etish, elektron vizalar, soddalashtirilgan viza tartiblari va boshqa yengillashtirilgan mexanizmlarni kengaytirishga qaratiladi.
Qayd etilishicha, mazkur tashabbus o‘zbekistonliklarning xalqaro harakatlanish imkoniyatlarini yanada oshirish, xorijga safar qilish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish hamda mamlakatning ochiq va faol tashqi siyosatini izchil amalga oshirishga xizmat qiladi.
Mavzuga oid
18:20 / 04.07.2026
Toshkentning har bir tumanida 15-20 tadan jamoat hojatxonalari quriladi
14:57 / 01.07.2026
Raqobat qo‘mitasi dominant viza markazlarini reyestrga kiritdi
10:27 / 27.06.2026
O‘zbekistonda Fransiya vizasi uchun vositachilarsiz hujjat topshirish imkonsiz bo‘lib qolgani aytilmoqda
17:59 / 24.06.2026