Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
11 yil nohaq turmada o‘tirgan turkiyalikka bor-yo‘g‘i 3 dollar tovon puli to‘landi
Turkiyaning Husayn A. ismli fuqarosi sud tomonidan keyinchalik bekor qilingan ayblov bo‘yicha 11 yildan ko‘proq nohaq turmada o‘tirgani uchun tovon puli sifatida 9 turk lirasi (3 dollardan kamroq) oldi. Bu haqda Habertürk gazetasi ma'lum qildi.
Husayn A. 1980 yil mayda hibsga olinib, Dev-Sol so‘l-radikal guruhining a'zosi sifatida ozodlikdan mahrum etilgandi. U qamoqda 11 yilu 2 oy o‘tkazgandan keyin ayblovning 13 ta punkti, jumladan qotillik va uni amalga oshirishga urinish ayblovi bo‘yicha oqlangan. Unga konstitutsion tuzumni zo‘ravonlik bilan o‘zgartirishga urinish va hujjatlarni qalbakilashtirish bo‘yicha qo‘yilgan ayblovlar muddati o‘tgani sababli bekor qilingan..
Sud tomondan oqlangan erkak o‘ziga 1,2 mln lira (330 ming dollar) miqdorida tovon puli to‘lashni talab qilgan. Jazoni o‘tash vaqtidagi ish haqining minimal o‘lchamidan kelib chiqib, unga tovon puli sifatida 8,78 mln lira belgilagan. Biroq Turkiyada milliy valyutaning 2005 yilda denominatsiya qilinishi sababli ushbu summa 9 liragacha kamayib ketgan.
Mavzuga oid
17:32 / 19.06.2026
Turkiyada o‘ldirilgan o‘zbek ayollari: fojia qayerda boshlanyapti?
18:17 / 15.06.2026
Turkiyaning zilziladan jabrlangan Hatay viloyatida O‘zbekiston mahallasi ochildi
15:55 / 13.06.2026
Turkiyada 3 kunda 4 nafar o‘zbekistonlik vafot etdi
20:23 / 12.06.2026