Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Chilonzor tumanidagi yo‘llar to‘liq ta'mirlanadi
Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahrining Chilonzor tumanidagi ichki yo‘llarni ta'mirlash loyihasi bilan tanishdi. Loyihaga ko‘ra 2017-2018 yillarda tumandagi barcha ichki yo‘llar to‘liq ta'mirlanadi. Bu haqda O‘zA xabar bergan.
Davlat rahbari loyiha bilan tanishar ekan, yo‘llarning sifati va zamonaviyligiga alohida e'tibor qaratish zarurligini ta'kidladi.
Katta bino va inshootlar, bozor hududlariga yaqin masofalarda joylashgan avtotransport vositalarini vaqtincha saqlash joylari yetishmasligi muayyan noqulayliklar tug‘dirayotganligini ko‘rsatmoqda. Prezidentga katta bino va inshootlar oldida maxsus avtoturarjoylar loyihasi haqida axborot berildi.
Unga ko‘ra binolar yonida avtomobillar uchun mo‘ljallangan uch va to‘rt qavatli avtoturarjoylar qurilishi rejalashtirilgan. Bu yo‘llardagi tirbandliklarning oldini olish, haydovchilar va piyodalar xavfsizligini ta'minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
Prezident yo‘llarni yaxshilash bilan birga, avtotransport vositalarini vaqtincha saqlash joylarini ham zamonaviy talablar darajasida bunyod etish bo‘yicha mutasaddilarga tegishli ko‘rsatmalar berdi.
Mavzuga oid
13:15 / 24.12.2025
O‘zbekiston yo‘llaridagi yuzlab kameralar internetda ochiq qoldirilgan - TechCrunch
10:50 / 05.10.2025
“To‘lqinli” yo‘llar: asfaltdagi do‘ngliklar bartaraf etiladimi?
18:03 / 24.08.2025
Iordaniya podshohi davlat tashrifi bilan O‘zbekistonga keladi
20:50 / 10.07.2025