
Özbekiston böylab yöllar böyida joylaşgan yuqori aniqlikdagi kameralar tarmoği — taxminan yuzlab qurilmalar internetda oçiq holda qoldirilgan. Uşbu xavfsizlik nuqsoni – kiberxavfsizlik böyiça tadqiqotçi Anurag Sen tomonidan aniqlandi, deb yozmoqda AQŞning TechCrunch naşri.
Ma’lum bölişiça, Özbekistonning davlat raqamlarini kuzatiş tizimi internetda parolsiz oçiq bölgan va bu istalgan odamga undagi ma’lumotlarga kiriş imkonini bergan. Tizim qançadan beri oçiq bölgani noma’lum, biroq ma’lumotlar bazasi 2024 yil sentabrda yaratilgan va yöl harakatini monitoring qiliş 2025 yil örtalarida boşlanganini körsatmoqda.
«Bu oçiqlik milliy darajadagi davlat raqamini kuzatiş tizimlari qanday işlaşini, qanday ma’lumotlar töplaşini va butun mamlakat böylab millionlab odamlarning harakatini qanday kuzatiş mumkinligini kamdan-kam uçraydigan darajada körsatib berdi», deb yozadi naşr. Şuningdek bu hodisa – ommaviy kuzatuv bilan boğliq xavfsizlik va maxfiylik xatarlarini ham oçib berdi.
Anurag Senning aytişiça, Özbekistonning oçiq qolgan uşbu tizimini u dekabr oyining boşida aniqlagan va tafsilotlarni TechCrunch bilan bölişgan.

Uning aytişiça, tizim bazasida kameralar joylaşgan real koordinatalar, millionlab suratlar va ötayotgan transport vositalarining xom video yozuvlari mavjud.
Özbekiston foydalanayotgan tizim Xitoy kompaniyasiga tegişli
Oçiq qoldirilgan kuzatuv tizimi özini – internetga ulangan transport texnologiyalari, çegara nazorati tizimlari va kuzatuv mahsulotlarini işlab çiqaruvçi Maxvision kompaniyasining «aqlli transport boşqaruv tizimi» deb ataydi. U Xitoyning Şençjyen şahrida joylaşgan.














