Özbekiston yöllarida deformatsiyaga uçragan asfaltdagi tölqinsimon notekisliklar (xalq tilida “garmoşka”) köp uçraydi. Ayrim joylarda bunday döngliklarning balandligi haydovçini qörqitib yuboradi va YTHlarga ham sabab böladi. Muammo şahar yöllarida ham, şaharlararo magistrallarda ham birdek dolzarb. Xöş, gap asfaltning sifatidami yoki yuk maşinalarida? Kun.uz haydovçilar va mas’ullarga mikrofon tutdi.
Bir neça yil oldin Qaşqadaryoning Muborak tumanida asfalt yölning tölqinsimon notekisligi (“garmoşka”) bor joyda mudhiş YTH röy berib, 8 kişi halok bölgan edi. Va bu muammo hozir ham aktualligiça turibdi.
“Garmoşka”lar nafaqat şaharlararo yöllarda, balki şaharlar içkarisida ham köp uçraydi. Toşkent halqa yölida Kun.uz bilan suhbatlaşgan haydovçilardan biri bunday notekisliklar avariya xavfini oşirişini aytadi.
“Svetoforga yaqinlaşayotganda maşinalar juda noqulay töxtaydi. Yoningizdagi maşina bölsa, garmoşka hisobiga manyovr qiliş qiyin. Yoki ayrimlar garmoşkani körib, birdan tormoz berib qoladi, avariyaviy holatlar yuzaga keladi”, – deydi suhbatdoş.
Toşkent avtovokzalidan viloyatlarga qatnaydigan taksiçilar bilan ham suhbatda böldik.
“Garmoşkalar Sirdaryoda köproq. Oldimizda qiş, qişda unaqa narsalar juda köp böladi. Garmoşkadan qoçaman deb kimnidir qisib yuboradi yo turtib oladi, ağdarilib ketadi, ballonlari dam qöyib yuboradi... Özim neça marta guvohi bölganman. Men ham ötgan yili ballonimni yirtib oldim”, – deydi haydovçilardan biri.
“Jizzaxdan qatnaymiz. Trassaga çiqqandan keyin Toşkentga kelgunça juda köp. Sirdaryoda, Baxtda bor, yamalar köp. Ballonga zarar yetadi, diska qiyşayadi. Hozirgi ballonlar kamirsiz, bitta yamaga tuşsak böldi, dam qöyyapti-da. Misol uçun, Baxtdan burilgandan keyin garmoşka juda köp. Gagarindan Döstlikka borgunça ham yöllar öta yomon, garmoşka. Avariya köp böladi, toyib ketamiz. Oldingi yili şaxsan özim şu betonkada garmoşkaning kasriga qoldim”, – deydi boşqa bir haydovçi.
“Samarqand, Iştixonning yöli juda ham rasvo bölib ketgan. Garmoşkasi juda ham köp. Keyin Jizzaxga kirişdan to çiqişgaça maşinalarni sakratib yuboryapti. Garmoşka kelgan paytda birdan tormoz berib qöysak, orqadan yetib olyapti. Odamlarimiz qörqib, dod deb yuboryapti. Asosan, homiladorlar qiynalyapti. Men ham oilam bilan Toşkentdan Samarqandga borib kelişda 5-6 ta garmoşkaga tuşdim. Ayolim homilador edi, borgandan vraçga körsatdik. “Ugrojayuşçiy” deb bir haftalik “leçeniya” yozib berdi”, – deydi yana bir suhbatdoş.













