Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Dubayda dronlardan litsenziyasiz foydalanish taqiqlandi
Dubay fuqarolik aviatsiyasi boshqarmasi shaharda dronlarni uchirish uchun tegishli lizentsiya bo‘lishi kerakligini majburiy shart qilib qo‘ydi. Bu haqda Arabian Business nashri ma'lum qildi.
Avvalroq dronlar bir necha marotaba Dubay xalqaro aeroporti ishining vaqtinchalik to‘xtashiga sabab bo‘lgandi.
1 may kunidan kuchga kiradigan yangi qoidalarga ko‘ra, dron xarid qilmoqchi bo‘lganlar fuqarolik aviatsiyasi boshqarmasida litsenziya olishga ro‘yxatdan o‘tishlari kerak bo‘ladi.
"Odamlar dronlarni Dubayning istalgan do‘konidan sotib olishlari mumkin, biroq ularda litsenziya bo‘lmaguncha, uni do‘kondan olib ketishlariga ruxsat bo‘lmaydi", deb aytdi boshqarma vakili Maykl Rudolf. "Xaridorlar ularning dronlarni boshqarish uquvini tekshiruvchi majburiy o‘quv dasturidan o‘tishlari kerak bo‘ladi", deb qo‘shimcha qildi Rudolf.
Ayni vaqtda BAAda mingga yaqin dron foydalanuvchisi qayd qilingan, ulardan 60 nafari tijoriy operatorlar hisoblanadi.
Rudolfning aytishicha, 2018 yil boshidan Dubayda barcha ro‘yxatdan o‘tgan dronlar faolligini real vaqtda kuzatadigan sky commander tizimi ishlay boshlaydi.
Mavzuga oid
09:01 / 14.04.2026
Rossiyadagi eng yirik fosforli o‘g‘it zavodi yana dronlar hujumiga uchradi
22:45 / 06.04.2026
Ukraina dron hujumlari soni bo‘yicha birinchi marta Rossiyani ortda qoldirdi – OAV
21:16 / 05.04.2026
Xitoyda dunyodagi eng og‘ir yuk tashuvchi dron sinovdan o‘tkazildi
08:40 / 31.03.2026