Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Namangan shahrida markaziy ko‘chaga Islom Karimov nomi berildi
Foto: O‘zA
Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashining o‘n oltinchi sessiyasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 25 yanvardagi “O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Abdug‘aniyevich Karimovning xotirasini abadiylashtirish to‘g‘risida”gi PQ-2744-sonli qarori ijrosini ta'minlash masalasi muhokama etildi. Bu haqda Namnews.uz xabar berdi.
“Shavkat Mirziyoyevning 2017 yil 25 yanvardagi “O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Abdug‘aniyevich Karimovning xotirasini abadiylashtirish to‘g‘risida”gi qarorini namanganliklar ham katta mamnuniyat bilan kutib oldilar. Ayniqsa, ushbu qarorda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyatlardagi markaziy ko‘chalarga Islom Karimov nomini berish haqidagi taklifni kattayu - kichik, barcha yakdillik bilan qo‘llab-quvvatladi. Viloyat va shahar hokimligi rahbarligida ushbu taklif atroflicha o‘rganib chiqildi. Jamoatchilik vakillari, turli kasb egalari Namangan shahrining “Do‘stlik” shoh ko‘chasini Islom Karimov nomi bilan atash yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirdilar”, - deyilgan xabarda.
Sessiyada Namangan shahrining “Do‘stlik” shoh ko‘chasiga Islom Karimov nomini berish to‘g‘risida qaror qabul qilindi. Ayni kunlarda ko‘chaning nomini o‘zgartirish bilan bog‘liq bo‘lgan barcha tashkiliy ishlar amalga oshirilmoqda.
Mavzuga oid
14:34 / 30.03.2026
Namanganda 6-sinf o‘quvchisiga jinsiy zo‘ravonlik qilgan o‘qituvchi qamoqqa olindi
11:02 / 28.03.2026
Namanganda sof oltin, Toshkentda kumush savdosi to‘xtatildi
09:23 / 26.03.2026
2025 yilda eng ko‘p xonadon Namanganda foydalanishga topshirildi
14:10 / 19.03.2026