Jahon | 16:18 / 12.04.2017
17929
2 daqiqa o‘qiladi

Putin: “Rossiyaga kelayotgan kishilarning aksariyati o‘z oilasiga yordam berish maqsadida, ishlash uchun keladi”

Rossiya prezidenti Vladimir Putinning ma'lum qilishicha, migratsiyani butunlay to‘xtatish mumkin emas, migratsiya oqimlari ustidan kuchli nazorat o‘rnatish masalasi esa qariyb barcha davlatlarga tegishli.

"Men fuqarolarimizning tashvishda ekanini tushunaman. Biz milliy xavfsizlik uchun tahdid sifatida qabul qilinayotgan ko‘plab hodisalarga guvoh bo‘lmoqdamiz, ular sobiq ittifoq respublikalari orqali filtrdan o‘tuvchi jangarilardan kelmoqda. Bu faqatgina O‘rta Osiyoga emas, balki boshqa respublikalarga ham tegishli. Ularning bir qismi xorijdan kelmoqda. Zamonaviy dunyo shunday qurilganki, migratsiyani butunlay to‘xtatish mumkin emas. Bu faqatgina Rossiyaga emas, balki boshqa davlatlarga ham tegishli. Gap bu migratsiya oqimlari ustidan kuchli nazorat o‘rnatishdadir", - deya aytib o‘tdi Putin “Mir” telekanaliga bergan intervyusida. 

"Rossiyaga kelayotgan kishilarning aksariyati o‘z oilasiga yordam berish maqsadida, ishlash uchun keladi. Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi kabi tashkilotni yaratish ishchi kuchi, kapitallar, xizmatlar, tovarlarning erkin harakatlanishini ko‘zda tutgan. Bu barcha davlatlar rivoji uchun juda katta afzallikka ega. Zamonaviy dunyo esa shunday qurilganki, aynan iqtisodiyot sohasidagi omad yoki muvaffaqiyatsizlik butun bir mintaqalar taqdirini hal qiladi. Shuning uchun bu bizning hayotimiz va kelajagimiz uchun juda muhim masala", - deya qo‘shimcha qilib o‘tdi prezident.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid