Jahon | 20:48 / 12.04.2017
4800
1 daqiqa o‘qiladi

Tramp o‘z jamoasining muvaffaqiyatlarini AQSh tarixidagi eng yaxshilari deb atadi

AQSh prezidenti Donald Tramp uning jamoasi hokimiyat tepasida 100 kun bo‘lgan davr ichida AQShning istalgan avvalgi ma'muriyatidan ko‘proqqa erishganini aytdi. U bu haqda Fox News telekanaliga bergan intervyusida ma'lum qildi.   

"Men kimdir prezident muddatining ilk 100 kunida biz qila olgan narsamizga yaqinroq ham erisha olgan, deb o‘ylamayman", deb aytgan Tramp.

Tramp AQSh prezidenti lavozimini bajarishga 20 yanvarda kirishgandi.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid