Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Pentagon Afg‘onistonda eng katta noyadroviy bombani qo‘lladi
AQSh birinchi marta jangovar sharoitlarda eng katta noyadroviy bombani IShIDning Afg‘onistondagi jangarilariga qarshi qo‘lladi. Bu haqda Pentagon matbuot xizmatida ma'lum qilindi.
"Zarba Nangarxor viloyatining Achin tumaniga 13 aprelda berilgan. Zarbadan maqsad IShID jangarilari, ular harakatlanish uchun qo‘llagan tunnellar tizimini nishonga olish bo‘lgan. GBU-43 bombasi qo‘llangan", deb aytdi Pentagon vakili.
Tashlangan bomba eng katta noyadroviy bomba bo‘lib, "barcha bombalarning onasi" degan norasmiy nom ham olgan.
O‘ta qudratli aviatsion fugas bomba MC-130 samolyotidan tashlangan. Uning qo‘llanishi haqidagi buyruqni general Jon Nikolson bergan. Ma'lumotlarga ko‘ra, bunday bombaning og‘irligi 9,5 tonnani tashkil qiladi.
Pentagon vakillarining ta'kidlashicha, tinch aholi o‘rtasida qurbonlar bo‘lmasligi uchun barcha ehtiyot choralari ko‘rilgan.
Pentagonda ushbu operatsiya ustida bir necha oy davomida ish olib borilgani ta'kidlab o‘tildi.
GBU-43 odatda standart bombalar va artilleriya zarbalariga dosh bera oladigan bunkerlar, tunnellar va boshqa yer osti nishonlariga maksimal ziyon yetkazishga mo‘ljallangan bombadir.
Rasmiy ma'lumotlarga ko‘ra, AQSh armiyasida bunday bombadan 15 dona bor. Bombaning ta'sir doirasi 140 metrga teng. Uning zarba kuchi shunchalikki, portlash markazidan yarim kilometrgacha uzoqlikda vayronalar yuz beradi.
Avvalroq AQSh prezidenti Donald Tramp ma'muriyati Afg‘oniston bo‘yicha yangi strategiya ishlab chiqayotgani va bu mamlakatda ko‘proq qurolli kuchlarni qo‘llashni rejalashtirayotgani ma'lum qilingandi.
Mavzuga oid
21:33 / 09.06.2026
Xitoyning o‘nlab kompaniyalari Pentagonning qora ro‘yxatiga kiritildi
18:31 / 09.06.2026
AQSh sayyohlik va biznes vizalari uchun tezkor suhbat bo‘yicha pullik xizmatni yo‘lga qo‘yadi
17:37 / 09.06.2026
Afg‘onistonda davlat xizmatchilariga smartfondan foydalanish taqiqlandi
15:12 / 09.06.2026